O‘zbekistondagi ilk osmono‘par bino: Murad Buildings va Ozguven kompaniyalari qurilish jarayoning oraliq natijalari haqida so‘zlab berdilar
05.07.2019
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

«Tashkent City» XIMning yirik loyihasi — 215 metrdan ortiqroq balandlikka ega osmono‘par bino, ya’ni 4-lot inshootini barpo etish ishlarini “Murad Buildings” mahalliy kompaniyasi va Turkiyaning “Ozguven” quruvchilik kompaniyalari o‘z zimmalariga oldilar. Yaqin vaqt ichida bir yarim gektar hududida qaddini rostlaydigan obyektning rasmiy nomi joriy yilning 15-avgustidan so‘ng e’lon qilinadi.

“Murad Buildings” kompaniyasi rahbari Murod Nazarov va “Ozguven” boshqaruv kengashi raisi Ozgur Ozguven tadbirda mamlakatning birinchi eng baland osmono‘par binosining fotosuratlarini namoyish etar ekanlar, 4-lotning o‘ziga xos xususiyatlari haqida yig‘ilganlarga ma’lumot berib o‘tdilar. Anjuman qatnashchilarining ta’kidlashicha, qurilish ishlari yakuniga yetgach, u o‘ziga xos arxitektura yechimlarini o‘zida mujassam etgan mamlakatdagi ilk osmono‘par bino, O‘rta Osiyoda esa eng baland binolarning biriga aylanadi.

Murod Nazarovning ta’kidlashicha, loyiha ustida 500 dan ortiq mutaxassislar ish olib borgan va butun jamoa prezident tasvirlab bergan bino timsoliga loyiq bino loiyhasini yaratish uchun o‘z sayi harakatlarini ayamadilar.

«Prezidentimiz mamlakatning rivojlanishi borasida o‘zining ravshan qarashlari bilan ko‘plab insonlarni, jumladan, bizni ilhomlantirishda davom etmoqda. Ushbu ko‘tarinki ruh bizga «Tashkent City» XIMning xalqaro loyihasida ishtirok etish fursatini yaratib berdi. Biz deyarli ikki yil davomida ushbu loyiha ustida katta ishtiyoq bilan va ushbu loyihani eng yuksak tarzda amalga oshirish istagi bilan ishlab kelmoqdamiz. Biz Ozguven kabi ishonchli hamkor topganimizdan xursandmiz va endi bu katta orzuni amalga oshirish uchun birgalikda harakat qilmoqdamiz. Biz shahar qalbida munosib o‘rin egallaydigan va uning qoq markazida qad rostlaydigan mazkur loyihani zamonaviy va innovatsion arxitektura yechimlarini taqdim etuvchi inshootga aylanishni istaymiz», — dedi Murod Nazarov.

Оzgur Ozguven o‘z nutqida me’morchilik nuqtai nazaridan 4-Lot yangicha qarashlar va noan’anaviy yechimlarni o‘zida aks ettirganini ta’kidladi. Janob Ozguven o‘z jamoasi bilan 4 oydan ortiq vaqt mobaynida, loyiha doirasida ish olib borayotganini aytdi va kelajak binosining bir qator texnik xususiyatlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Biz Markaziy Osiyo va Buyuk Ipak Yo‘li markazida joylashgan ushbu loyihada ishtirok eta olayotganimizdan juda ham baxtiyormiz. Biz o‘z nou-xaularimizni qo‘llashdan tashqari, Turkiyaning yirik universitetlaridan professor-o‘qituvchilarni ishga taklif qildik va ko‘plab mutaxassislardan maslahat oldik va ular tomonidan qo‘llab-quvvatlandik. Arxitektura va muhandislik nuqtai nazaridan juda batafsil tadqiqot va loyihalashtirish ishlari olib borildi. Binoning qurilishi jarayonida granitdan kuchliroq bo‘lgan M700 beton turi ishlatiladi. Birgina poydevor uchun quyiladigan betondan o‘ta kuchli devorlarga ega va har biri 80 kvadrat metrga teng 700ta xonadon qurish mumkin bo‘lardi. Butun obyekt uchun ishlatiladigan betondan esa 5000 ta bunday xonadonlarni qurish mumkin edi. Agar qurilishda ishlatiladigan barcha temir anjomlar qo‘shilsa, ularning umumiy uzunligi 7,5 ming kilometrni tashkil etadi. Bu Tashkent City markazidan Istanbulgacha va orqaga bo‘lgan masofadan ham ko‘prog‘ini tashkil etadi. Ushbu miqdordagi temirdan 25 mingta nufuzli avtomobil ishlab chiqarilishi mumkin edi».

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq