O‘zbekiston Respublikasida elektron hukumatni rivojlantirish Konsepsiyasi loyihasi e’lon qilindi
05.07.2019
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi tomonidan “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish Konsepsiyasi loyihasi va uni amalga oshirish mexanizmi ishlab chiqilib, muhokama qilish uchun joylashtirildi.

Hujjat sohada mavjud muammolarni aniqlash, asosiy maqsadlarni va rivojlanish ustuvor yo‘nalishlari va tamoyillarini belgilash orqali «Elektron hukumat» tizimini (keyingi o‘rinlarda  EP tizimi deb ataladi) takomillashtirishni nazarda tutadi.

Konsepsiya loyihasi ochiqlikni va aholining elektron ishtirokini, axborot xavfsizligini ta’minlash,  ishonch munosabatlarini shakllantirish, innovatsion ekotizimni rivojlantirish darajasini oshirish masalalarini o‘z ichiga oladi.

Konsepsiyani va uni amalga oshirish bo‘yicha har yili ishlab chiqiladigan “Yo‘l xaritalari”nining  sifati va samaradorligi asosiy ko‘rsatkichlarga erishilganligini baholash orqali aniqlanadi.

Sizlarni O‘zbekiston Respublikasi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini muhokama qilish portalida joylashtirilgan Konsepsiya loyihasini muhokama qilishda faol ishtirok etishga taklif etamiz.

Hujjat bilan batafsil tanishib, o‘z taklif va mulohazalaringizni 2019-yil 4- avgustgacha mazkur havola orqali taqdim etishingiz yoki Agentlikning elektron pochtasiga quyidagi manzilga yuborishingiz mumkin: info@napm.uz.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq