O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 3-iyul kunidagi «Ichki ishlar organlari xodimlarini mobil videokuzatuv vositalari bilan ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi 556-son qarori
05.07.2019
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Qonunchilikka muvofiq, 2019-yil 1-iyuldan yo‘l-patrul xizmati xodimi xizmat vazifalarini mobil videokameradan foydalangan holda oshkora olib borishi va bu haqida yo‘l harakati qatnashchilariga ma’lum qilishi kerak edi.

Qaror bilan YPX xodimlari xizmat vazifalarida mobil videokameradan foydalanishiga oid talab 2020-yil 1-yanvarga qadar uzaytirildi.

Shunga ko‘ra, yo‘l harakati qatnashchilari 2020-yil 1-yanvargacha xizmatni mobil videokamerasiz olib borayotgan YPX xodimiga hujjatlarni taqdim etmaslik huquqidan foydalana olmaydi.

Eslatib o‘tamiz, yo‘l harakati qatnashchilari YPX xodimi bilan o‘zaro munosabatini o‘ziga tegishli audio, foto va video qurilmaga qayd qilish huquqiga ega (YPX xodimi tomonidan foto va video tasvirga olish taqiqlangan belgi mavjud hududlarda xizmat olib borish holatlari bundan mustasno).

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq