Koreya Respublikasining Oʻzbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi bilan uchrashuv
05.07.2019
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: Jurnal tahririyati.
2019-yil 5-iyulda Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida Koreya Respublikasining Oʻzbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Kan Chje Kvon bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Uchrashuv davomida Vazir Elchini Oʻzbekistonga tayinlangani munosabati bilan tabrikladi va yuksak va masʼuliyatli ishida muvaffaqiyat tiladi. U, shuningdek, 2017-yil 22-25-noyabr kunlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Janubiy Koreyaga amalga oshirgan davlat tashrifi axborot texnologiyalari sohasida oʻzbek-koreys hamkorligini yanada kengaytirganini taʼkidladi.
Uchrashuv chogʻida axborot texnologiyalari, ayniqsa, kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar, texnoparklar va innovatsiya markazlarini rivojlantirish hamda boshqarish, IT-taʼlim va teletibbiyotning eng yangi texnologiyalarini joriy etish masalalarining joriy holati va kelgusidagi hamkorlikni rivojlantirishning harakatlar rejasi boʻyicha fikr almashildi.
Tomonlar axborot texnologiyalari sohasida Oʻzbekiston va Koreya Respublikasi oʻrtasida hamkorlikni rivojlantirish boʻyicha ulkan salohiyat mavjudligi hamda bu borada barcha saʼy-harakatlarni safarbar etishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.
- « O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 3-iyul kunidagi «Ichki ishlar organlari xodimlarini mobil videokuzatuv vositalari bilan ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi 556-son qarori
- O‘zbekistondagi ilk osmono‘par bino: Murad Buildings va Ozguven kompaniyalari qurilish jarayoning oraliq natijalari haqida so‘zlab berdilar »