Summer Schoolning
04.07.2019
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

1-iyul kuni Toshkent shahridagi Inha Universitetida 10 yoshdan 15 yoshgachadagi bolalar uchun tashkil qilingan Tashkent Summer Schoolning ochilish marosimi bo’lib o’tdi.

Bu loyiha Inha Universitetining tashabbusi bo’lib, bu yil 2-marotaba o’tkazilmoqda.

Bu o’quv oromgohi bolalarning yozgi ta’til mobaynida intellektual salohiyatini oshirishni o’z oldiga maqsad qilgan.

Ochilish marosimidagi prezentatsiyadan so’ng, bolalar ingliz tilidagi darajani aniqlab beruvchi test topshirdilar va guruhlarga bo’lindilar.

Har bir guruhga bir sezon oralig’ida ularga yetakchilik qiluvchi va bilim beruvchi vojatiylar bilan tanishdilar. Bu kun bolalarni bir birlari bilan tanishishlari, do’stlashishlari uchun turli o’yinlar va boshqa o’quv jarayonlari bilan yakunlandi.

“Inha Tashkent Summer School “mobaynida bolalar vaqtlarini nafaqat xursandchilik bilan, balki foyda olish bilan ham sarflashlari mumkin.

Ular robotatexnika olamidan turli yangi narsalarini bilib olishlari mumkin: masalan kichik yoshdagi bolalar uchun o’zlari uchun kichik devayslar qurish o’rgatiladi, yoshi sal katta bolalar esa Arduino yordamida quriladigan robotlarning asoslarini o’rganishlari mumkin. Bundan tashqari lager qatnashuvchilari dasturlash va logik matematika kurslariga ham qatnashishlari mumkin, bundan tashqari ingliz tilida so’zlovchilar bilan birgalikda speaking klublariga qatnashishlari mumkin

O’qishdan bo’sh paytlarida bolalarga turli xil sport mashg’ulotlari hamda sahnada chiqishlar qilish bilan bo’lishadi.

Uchtepa tumanidagi lagerda kamchilik yog’ilgani bois, biz sizni Toshkent shahridagi Inha Universitetiga taklif qilamiz. Bizning manzil: Mirzo Ulug’bek tumani, Ziyolilar ko’chasi-9, Toshkent shahridagi Inha Universiteti binosi

Ma’lumotlar:

1-sezon 01.07-20.07

2-sezon 22.07-10.08

Dushanbadan Shanbagacha

Soat 9:00dan-15:09gacha

Narxi:890 ming so’m

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq