Firefox dagi antiviruslar bilan https-saytlari o‘rtasidagi ziddiyat olib kelayotgan muammo hal bo‘ldi
04.07.2019
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Olti oydan ko’proq vaqt o’tgach, Mozilla muhandislari HTTPS dan foydalanuvchi ba’zi saytlarga kira olmasliklariga sabab bo’layotgan muammoni hal qilishdi.

Firefox 68 tizimda antivirus dasturi o’rnatilgan HTTPS ulanishnlarida ko’pincha paydo bo’ladigan ba’zi TLS xatolarni avtomatik ravishda tuzatuvchi mexanizm paydo bo’ladi.

Firefox 65 versiyasi ishga tushganidan so’ng ko’plab foydalanuvchilar HTTPS saytlariga kira olmayotganliklari haqida shikoyat qila boshladilar. Muammo Firefox va Windows saqlash joylarida antivirus o’z SSL-sertifikatlarini o’rnatishi bilan bog’liq bo’lib, bu saytlarga ulanishning buzilishiga olib kelayotgandi.

Mozilla vakillarining so’zlariga ko’ra, Firefox 68 versiyasining chiqishi 9 iyulga mo’ljallangan bo’lib, HTTPS saytlaridan o’chirib tashlashni oldini olish uchun mo’ljallangan konfiguratsiya sozlamalari bo’yicha maxsus about:config yoqiladi. Security.enterprise_roots.enabled sozlamalari yoqilganda Firefox, «foydalanuvchi, administrator yoki kompyuterda o’rnatilgan dastur» tomonidan OT xotirasiga kiritilgan barcha sertifikatlarga ishonishga kirishadi.

Ushbu sozlama Windows va macOS uchun Firefox versiyalarida mavjud. Bundan tashqari, u doimiyga faollashtiriladi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq