2019-yil I va II chorakda chet el valyutasini (USD) bankomatlar orqali konvertatsiyasi bo‘yicha beshta yetakchi banklar nomi aniqlandi
04.07.2019
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Yagona Umumrespublika Protsessing Markazi (YaUPM) tomonidan taqdim etilgan statistik ma’lumotlarga binoan, 2019-yil I va II chorakda chet el valyutasining (USD bankomatlar orqali konvertatsiyasi bo‘yicha beshta yetakchi banklar nomi aniqlandi.

2019-yil 2-chorak natijalariga ko‘ra, bankomatlar orqali konvertatsiya qilingan jami pul miqdori 4 527 450 AQSh dollarini tashkil etdi. Ushbu ko‘rsatkich 2019-yil 1-chorakda qayd etilgan 2 406 580 AQSh dollariga nisbatan 88,1 foizga yuqori ko‘rsatkichni namoyon etmoqda.

Ta’kidlash joizki, Diebold Nixdorf Cineo, GRG va NCR rusumidagi bankomatlar 24/7 tartibida (online) xizmat ko‘rsatib, “AQSh dollari va yevro chet el valyutasini konvertatsiyalash” hamda “Naqd pul bilan plastik kartalarni to‘ldirish” funksilyalarini amalga oshiradi.

Ko‘rsatkichlarni taqqoslash natijasida, 2019-yil I va II chorakda chet el valyutasining (USD) bankomatlar orqali konvertatsiyasi bo‘yicha beshta yetakchi banklar nomi aniqlandi:

1. Qishloq qurilish bank – 783 860,00 (USD)

2. Orient Finans Bank – 748 900,00 (USD)

3. Asia Alliance Bank – 547 240,00 (USD)

4. Agro Bank – 518 890,00 (USD)

5. Xalq Banki – 412 150,00 (USD)

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq