HUMO bankomatlari 24/7 tartibida ishlamoqda
03.07.2019
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

2019-yil 1-iyundan boshlab milliy to‘lov tizimi ishtirokchilari bo‘lgan banklar HUMO kartalariga xizmat ko‘rsatuvchi bankomatlarni o‘rnata boshladilar.

Toshkent shahrida shu kunga qadar 50dan ortiq bankomatlar o‘rnatilib, aholiga xizmat ko‘rsatib kelmoqda. Poytaxt aholisi ushbu bankomatlar orqali naqd pul mablag‘larini kunu tun yechib olishi mumkin. Mablag‘larni yechib olishga doir cheklashlar banklar tomonidan belgilanadi. Yaqin kunlarda 24/7 tartibida xizmat ko‘rsatish shoxobchalarida yana 280ta bankomat o‘rnatiladi.

“Banklar HUMO to‘lov tizimi rivojlanishiga yordam berayotganligidan va uni qo‘llab-quvvatlayotganligidan xursandmiz. Toshkent shahrida 50dan ortiq baknomatlar 24/7 tartibida ishlamoqda. Joriy yilning yakuniga qadar mamlakat bo‘ylab bankomatlar sonini 2500gacha ko‘paytirish rejalashtirilmoqda”, – deydi Banklararo milliy protsessing markazi (BMPM) direktori Shuhratbek Qurbonov.

Bankomatlar metro bekatlarining o‘tish joylarida, istirohat bog‘lari yaqinida, bozorlar hududlarida va odamlar ko‘p to‘planadigan boshqa joylarda o‘rnatilgan.

Yaqin joylashgan bankomatni xаritadа topish mumkin.

Eslatib o‘tamiz, 2019-yil 1-maydan boshlab, HUMO to‘lov tizimining NFC-modullari bilan jihozlangan kartalarining birinchi emissiyasi boshlandi. Butun mamlakat bo‘ylab bankomatlarni o‘rnatish O‘zbekistonning boshqa shaharlari aholisi uchun kartalarni chiqarish bilan bir vaqtda amalga oshiriladi.

HUMO Milliy to‘lov tizimi haqidagi batafsil ma’lumotni  www.humocard.uz  sayti orqali bilib olishingiz mumkin.

Banklararo milliy protsessing markazi to‘g‘risida

BMPM O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 19-sentabrdagi “Milliy to‘lov tizimini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3945-sonli qaroriga muvofiq tashkil etildi.

BMPMni tashkil etishning asosiy maqsadi to‘lovlarni amalga oshirish uzluksizligini ta’minlash, innovatsion mahsulotlarni joriy qilish, bank xizmatlarining ommabopligini ta’minlash hamda to‘lov xizmatlari bozorida raqobat muhitini rivojlantirishdan iborat.

HUMO to‘lov tizimi:

— to‘lov infratuzilmasini yaxshilashga;

— xalqaro to‘lov tizimlari bilan integrallashishga;

— yagona to‘lov maydonini yaratishga;

— milliy to‘lov svitchini yaratishga qaratilgan.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq