Toshkent shahridagi Amiti Universitetiga kirish imtihonlarining birinchi bosqichi boʻlib oʻtdi
02.07.2019
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

Joriy yilning 1-iyul kuni Toshkent shahridagi Amiti Universiteti kirish imtihonlarining birinchi bosqichi boshlandi.

Bugungi kunda, ariza topshirgan abituriyentlar soni qariyb 750 nafarni tashkil qiladi. Hozirda ham roʻyxatdan oʻtish jarayoni www.amity.uz sayti orqali davom etmoqda.

Kirish imtihonlari Amiti universitetining (Hindiston) professor va oʻqituvchilari tomonidan oʻtkazilmoqda.

Quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha imtihonlarlar boʻlib oʻtdi:

— Axborot texnologiyalari sohasida bakalavriat;

— Texnologiyalar bakalavriati – Kompyuter injeniring.

Shuningdek, joriy yil 2-iyulda quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha imtihonlar oʻtkazilishi rejalashtirilgan:

— Iqtisodiyot bakalavri;

— Turizmni boshqarish bakalavri;

— Biznes boshqaruvi bakalavri;

— Axborot texnologiyalari sohasida magistratura;

— Biznes boshqaruvi sohasida magistratura;

— Asosiy dastur.

Bundan tashqari, yuqoridagi yoʻnalishlar boʻyicha kirish imtihonlarining 2-bosqichi 2019-yil 22, 23-iyul kunlari va 3-bosqichi 2019-yil 12, 13-avgust kunlari oʻtkaziladi.

Toshkent shahridagi Amiti Universiteti binosida qurilish va taʼmirlash ishlari yakunlanmoqda (Toshkent shahri, Labzak koʻchasi, 70-uy).

Butunjahon reytingining top 3 foiziga kiruvchi Amiti universiteti Hindistonning yetakchi universitetlaridan biri hisoblanadi. Hozirda Hindistonning ushbu universitetida 150 000 nafardan ortiq talaba tahsil olmoqda. Universitetning bosh binosi Hindistonning Noida shahrida joylashgan. Uiversitet filiallari 11 ta mamlakat hamda Nyu-York, London, Dubay sngari koʻplab shaharlarda faoliyat yuritadi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq