“Yashnobod” texnoparki rezidenti “Coscom” uchun robot ishlab chiqdi
29.06.2019
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Innovatsion rivojlanish vazirligi qoshidagi “Yashnobod” texnoparki rezidenti kompaniya ofislariga qoʻyiladigan, tariflar va xizmatlar boʻyicha maʼlumotlar beruvchi robot ishlab chiqdi.

Taʼkidlash joizki, texnopark rezidenti boʻlmish “Interactive Robot Solutions” korxonasi marketing va boshqa sohalarda sunʼiy intellektni qoʻllash boʻyicha endi oʻz faoliyatini boshlagan innovatorlardandir. U yerda sunʼiy intellektli turli formatdagi robotlar ishlab chiqarilmoqda.

Bugungi kunda robotlar odamlarga mahsulot, xizmatlar va obyektlar haqida maʼlumot berib, savollarga javob beradi. Robot-konsultantlar mehmonxonalarda mehmonlarni kutib olishi, boshqaruvchilik funksiyasini bajarishi, ishlab chiqarishdan band boʻlishi mumkin. Oxford Economics tashkilotining maʼlumotlariga koʻra, robotlar ishlab chiqarishda odamlarning oʻrnini borgan sari koʻproq egallayveradi. Ammo kompaniyalar xarajatlari ham qisqaradi, natijada iqtisodiy samaradorlik oʻsib, yangi ish oʻrinlari tashkil etilishiga sabab boʻladi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq