TATUda Sungkyunkwan universitetining vakillari tomonidan “AKT sohasida dasturiy ta’minotlar” mavzuida o‘quv-trening kurslari tashkil etildi
29.06.2019
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Joriy yilning yilning 26 iyun – 24 iyul kunlari Janubiy Koreyaning Milliy axborot jamiyati agentligi (NIA) va TATU o‘rtasida imzolanagan Memorandum asosida Sungkyunkwan universitetining 14 nafar talaba va 3 nafar professordan tashkil topgan ko‘ngillilar delegatsiyasi TATU va TATUning Samarqand hamda Qarshi filiallari talabalar uchun “AKT sohasida dasturiy ta’minotlar” mavzuida o‘quv-trening kurslarini tashkil etildi.

O‘quv-treningdan ko‘zlangan maqsad – TATU talabalari o‘rtasida turistlar uchun mobil ilovalarni yaratish, Java dasturlash tili, android operatsion tizimi, Arduino (unchalik katta bo’lmagan plata bo’lib o’zining protsessori (mikrokontrolleri) va xotirasiga ega bo’lgan qurilma) yordamida robototexnika qurilmalarini yaratish mavzularida o‘quv trening mashg‘ulotlari olib borish hisoblanadi.

– Biz ushbu universitet bilan biz bir necha yillardan buyon hamkorlik ishlarni amalga oshirmoqdamiz. Bu, albatta, quvonarli holat. Qaryib bir oy davomida o‘tkaziladigan o‘quv-trening orqali talabalarimiz dasturlash sohasida o‘zining bilim va ko‘nikmalarini yanada mustahkamlaydi. Talabalarimiz bugungi AKT bozorida raqabatbardosh kadrlar bo‘lishda Sungkyunkwan universitetidan tashrif buyurgan mutaxassislar o‘rgatadigan bilim va tajribalar, albatta, qo‘l keladi degan umiddaman, – deydi TATU rektori To’lqin Zakirovich tadbirni ochib berar ekan.

Hozirgi kunda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Janubiy Koreyaning bir qancha xalqaro nufuzli tashkilotlar, 8 ta universiteti bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatib, birgalikda AKT sohasida ilmiy ishlarni amalga oshirishmoqda. Hususan, Sungkyunkwan universiteti bilan amalga oshirilayotgan ishlar shular jumlasidandir. TATU ushbu universitet bilan bir necha yillardan buyon hamkorlik ishlarni amalga oshirmoqda.

– O’zbekiston hamda Janubiy Koreya Respublikasi o’rtasida do’stlik aloqalari mustahkamlanib bormoqda. Buni Janubiy Koreya prezidenti O‘zbekistonga tashrifidan ham bilsak bo’ladi. Albatta, men va talabalarim TATUga o’z bilim va tajribalarimizni o’rtoqlashgani, birgalikda ilmiy salohiyatimizni oshirgani keldik. O’tadigan bir oy davomida biz dasturlash sohasida, hususan, robototexnika bo’yicha bilganlarimizni o’rgatamiz. Shuningdek, o’zbek xalqi juda ham mehmondo’st ekan. Bizga o’zbek milliy taomlari juda ham yoqdi. Mehmon do’stlik uchun alohida tashakkur aytaman, – deydi Sungkyunkwan universitetidan tashrif buyurgan professor Soohyeok Lee o’quv-treningning ochilish marosimida.

Yana bir e’tiborli jihati, har yili Songyungvang universiteti vakillari TATU va TATUning Samarqand hamda Qarshi filiallari talabalari uchun “AKT sohasida dasturiy ta’minotlar” mavzuida o‘quv-trening kurslarini yuqori saviyada tashkillashtirish maqsadida TATUga tashrif buyuradilar.

Ma’lumot o‘rnida aytish joizki, Sungkyunkwan Janubiy Koreyaning eng qadimgi universiteti bo’lib, universitet 1398 — yilda tashkil etilgan. Sungkyunkwan universiteti xalqaro eng yaxshi oliy o’quv yurtlari reytingida yuqori o’rinlarda turadi. Universitet «San’at va gumanitar fanlar», «Muhandislik va texnologiya», «Tibbiyot», «Tabiiy fanlar»,»Ijtimoiy fanlar va menejment»,»Fizika» hamda «Kimyo» kabi sohalarni qamrab olgan.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq