Honeywell sanoatni mahalliylashtirish va raqamlashtirishni qo‘llab-quvvatlash uchun O‘zbekistondagi texnologik markazi imkoniyatlarini kengaytirdi
28.06.2019
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

Honeywell (NYSE: HON) bugun O‘zbekistonda o‘zining yangilangan trening markazini ochganligi haqida rasman e’lon qildi. Ushbu markaz yordamida hududiy buyurtmachilar sanoat texnologiyalaridan foydalanish hamda jarayonlarni avtomatlashtirish uchun jahon toifasidagi uskunalarda o‘qish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Honeywell kompaniyasining Toshkent shahridagi ofisidagi amaldagi trening markazi Honeywell ning Experion® Orion konsolini namoyish etish uchun takomillashtirildi. Ushbu tizim sohaning bo‘lajak mutaxassislarni o‘qitishga yo‘naltirilgan Markaziy Osiyodagi ilk tizimlardan biri bo‘ldi. Yangilangan markaz ochilishi marosimida Honeywell kompaniyasining yuqori o‘sish sur’atlariga ega hududlar bo‘yicha prezidenti Sheyn Tedjarati, Honeywell kompaniyasining Turkiya va Markaziy Osiyodagi prezidenti Frans van Dyorsen, shuningdek, Honeywellning hamkor va buyurtmachi kompaniyalari rahbarlari ishtirok etdilar.

Neftni kompleksli qayta ishlash va qayta ishlash zavodlari uchun ishlab chiqilgan Experion® Orion konsoli ma’lumotni maksimal tarzda aniq aks ettirish imkoniga ega ilg‘or texnologiyalarni o‘zida mujassam etgan. Ushbu texnologiya bugungi kunda kelajak dispetcherlik tizimini yaratish imkonini beradi. U zamonaviy, mobil va ulangan stansiya operatorlari uchun korxonadagi jarayonlar va operatsiyalarning yagona ko‘rinishini ta’minlab berib, operatorning toliqishini kamaytirgan hamda korxonaning barcha obyektlaridagi operatsiyalar haqida holatga oid xabardorlikni yaxshilaydi. Bu esa boshqarish tizimidan foydalanishni osonlashtiradi.

“Honeywell O‘zbekistonda avtomatlashtirish, neft kimyosi, xavfsizlik, unumdorlik va energiya samaradorligi yo‘nalishlarida 20 yildan buyon faoliyat yuritib kelmoqda. Yangilangan texnologik markaz – biz tomondan mamlakatda amalga oshirilayotgan mahalliylashtirish va raqamlashtirishni qo‘llab-quvvatlash borasida navbatdagi qadamdir, – deb ta’kidladi van Dyorsen. O‘zbekistondagi keng ko‘lamli o‘qitish dasturi yordamida biz tezkor va samarali ravishda buyurtmachilarimizga mahalliy xususiyatlarni hisobga olgan holda, rivojlanishga va uskunadan foydalanish bo‘yicha o‘sib boruvchi talablarga muvofiq kelishga yordam beramiz”.

Oltin Yo‘l GTL kompaniyasining 112 nafar xodimlari yangilangan markazning birinchi foydalanuvchilari bo‘ladilar. Operatorlar yangi tizim imkoniyatlarini o‘rganadilar, normativ talablarga muvofiqlikni saqlab qoladilar, shuningdek, ishlab chiqarishda bekor turib qolish vaqtini kamaytirish uchun Honeywell tizimlari bilan ishlashni o‘rganadilar.

“Honeywell Experion Orion konsoli kabi ilg‘or texnologiyalardan mahalliy tarzda foydalanish imkoni muhandislarimiz uchun bebaho tajriba, — deydi Oltin Yo‘l GTL bosh direktori Fahriddin Abdurasulov. — Bizning faoliyatimiz unumdorlik, xavfsizlik va ishonchlilikning yuqori standartlariga asoslangan. Jahondagi eng mukammal tizimlari asosida ta’lim olgach, ular barcha jarayonlarning va tizim imkoniyatlarini aniqlay oladilar, shuningdek, ular ushbu ko‘nikmalardan haqiqiy muhitda, o‘qish va joylardan sinovdan o‘tish zaruratisiz foydalana oladilar. Ushbu holat biz va buyurtmachilarimiz faoliyatida yanada yuqoriroq natijalarga erishish imkonini beradi”.

Experion Orion Technology Center ta’lim markazi boshqa texnologiyalarni ham qamrab olib, ular buyurtmachilarga faoliyatida foydalilik va samaradorlikni oshirishga yordam beradi. Ular orasida Honeywell ning Experion® Process Knowledge System (PKS) tizimi o‘rin olgan bo‘lib, ushbu tizim insonlarni yanada xavfsiz, ishonchli va samarali ishlashi uchun yagona avtomatlashtirish tizimi orqali korxonadagi texnologik jarayonlar va aktivlar, shuningdek, biznes axborotlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarga ulaydi.

Trening markazining ochilish kunida kompaniyaning Honeywell Technology Day deb nomlangan anjumani bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Honeywellning neft va ximiya, neftni qayta ishlash, aeroportlar, xavfsizlik va sanoatni avtomatlashtirish, binolar va inshootlar to‘liq faoliyati va xavfsizligini boshqarish va nazorat qilish, yong‘inga qarshi signalizatsiya tizimini joriy etish, hamda ish jarayonining samardorligini oshirish uchun axborot to‘plash echimlari bilan shug‘ullanuvchi hamkor va buyurtmachilar ishtirok etdilar.

Honeywell kompaniyasi O‘zbekistonda “Kimyoavtomatika” MChJ kompaniyasi bilan hamkorlikda qo‘shma korxona sifatida 1998-yildan buyon faoliyat olib bormoqda. 2010-yilda “Kimyoavtomatika” Honeywell ning Global injiniring markazi unvoniga sazovor bo‘ldi (Global Engineering Services, qisq. GES) va Honeywell ning butun jahon bo‘yicha ishlovchi to‘rtta o‘xshash markazlaridan biri hisoblanadi. Honeywell GES Uzbekistan O‘zbekiston hamda MDH, Yaqin Sharq va Afrikaning boshqa davlatlaridagi buyurtmachilarni loyihalashtirish, injiniring va dasturiy-texnik majmualariga servis xizmat ko‘rsatish, sanoat uchun echimlar sohasida qo‘llab-quvvatlaydi. Shuningdek, Honeywell texnik ta’lim sohasida O‘zbekistondagi universitetlar bilan hamkorlik qilib, Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti (TDTU) bilan tuzilgan uzoq muddatli bitim shular jumlasidandir.

2019-yilning boshida Honeywell O‘zbekistonlik muhandislarning kelajak avlodini o‘quv dasturi doirasida Honeywell ning eng yangi texnologiyalari bilan ta’minlash maqsadida TDTUdagi o‘zining o‘quv markazini takomillashtirdi. Bu hududdagi sanoat sektori uchun yuqori malakali xodimlarni tayyorlashda Honeywell ishtirokining yana bir misolidir.

Honeywell korporatsiyasi (www.honeywell.com) sanoat texnologiyalarini ishlab chiqish bilan shug‘ullanadi va Fortune jurnali tomonidan tuziladigan jahondagi 100 ta yetkachi kompaniyalar ro‘yxatiga kiradi. Korporatsiya butun jahon bo‘ylab buyurtmachilarga xizmat ko‘rsatadi hamda aerokoinot texnikasi, maxsus materiallar, shuningdek, sanoat korxonalari va binolar uchun boshqaruv tizimlarini ishlab chiqarish kabi tarmoqlarda mahsulotlar taklif etadi va xizmatlar ko‘rsatadi. Bizning texnologiyalarimizdan aviatsiyada, ishlab chiqarish korxonalari va binolarida, etkazib berish jarayonida hamda xodimlar faoliyatida foydalaniladi. Maqsadimiz jahonni yanada oqilona, xavfsiz va energiya jihatidan samarador qilishdan iborat. Honeywell korporatsiyasi to‘g‘risida yangiliklarni va batafsil ma’lumotni quyidagi vebsaytlardan olishingiz mumkin: www.honeywell.com/newsroom va www.honeywell.ru.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq