Yillik tadbirlar taqvimi web-sahifasi yaratildi
25.06.2019
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi tomonidan mahalliy aholi hamda xorijiy sayyohlar xabardorligini ta’minlash maqsadida alohida web-sahifa ishlab chiqildi.

Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi xorijiy mamlakatlar sayyohlarini O’zbekistonda o’tkazilayotgan madaniy-ommaviy tadbirlarda ishtirok etishga jalb qilish bo’yicha faol ish olib bormoqda.

Sayyohlarni mamlakatimizda, ayniqsa, joylarda boʻlib oʻtayotgan tadbirlarda ishtirok etishga koʻproq jalb etish, ularni mazkur tadbirlar toʻgʻrisida toʻliq xabardor qilish hamda sayyohlarga qulaylik yaratish maqsadida yurtimizda yil davomida oʻtkaziladigan yirik tadbirlarning (madaniy, koʻngilochar, sport va hokazo) aniq muddatlari va joylari koʻrsatilgan holda tadbirlar toʻgʻrisidagi qisqacha maʼlumotlarni jamlagan uzevent.com web-sahifasi yaratildi.

Mazkur web-sahifa orqali xorijiy va mahalliy sayyohlar Oʻzbekistonda oʻtkaziladigan tadbirlar toʻgʻrisida batafsil maʼlumotlarga ega boʻlishlari hamda oʻz sayohat dasturlarini oʻzlarini qiziqtirgan tadbirlar oʻtadigan kunga qarab belgilab olish imkoniyatiga ega boʻlishadi.

Ta’kidlash joizki, uzevent.com web-sahifasi dastlab uch — oʻzbek, rus va ingliz tillarida yoritib boriladi. Keyinchalik, fransuz, italyan, nemis, ispan, xitoy, yapon va koreys tillari ham kiritilishi rejalashtirilgan.

Shu bilan birga, qoʻmita mutaxassislari tomonidan web-sahifaning mobil ilovasini yaratish rejalashtirilmoqda. Sayyohlarga yillik tadbirlar taqvimi qulay koʻrinishda taqdim etiladi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq