“O‘zRTXB” AJ Jizzax filialitomonidan OAV vakillari uchunmatbuot anjumani o‘tkazildi
24.06.2019
Rukn: Коnferensiyalar, seminarlar va taqdimotlar.
Muallif: .

2019-yil 30-iyun kuni “O‘zRTXB” AJ Jizzax filiali binosida “O‘zRTXB” AJ elektron tijoratining rivojlanish istiqbolari” mavzusida seminar va matbuot anjumani o‘tkazildi. Anjumanda elektron savdo ishtirokchilari, davlat xaridlarining buyurtmachilari va yetkazib beruvchilari, mobilaloqa kompaniyalarining operatorlari va OAV vakillari ishtirok etishdi.

O‘tkazilgan tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad, keng jamoatchilikni birjaning elektron tijorat yo‘nalishida ishga tushirilgan yangi loyihalar bilan tanishtirish, hamda “O‘zRTXB” AJ Jizzax filiali tomonidan mijozlarga, shu jumladan, mahalliy ishlab chiqaruvchilar va boshqa ishbilarmonlarga taqdim etilayotgan birja xizmatlari to‘g‘risida ma’lumotlarni taqdim etishdan iborat bo‘ldi.

Аnjuman boshlanishida “O‘zRTXB” AJ faoliyatining 2019-yil 5 oylik yakunlari to‘g‘risida ma’lumotlar taqdim etildi. Umuman olganda O‘zRTXBda 2019-yilning yanvar-may davrida 17,5 trln. so‘mlik bitimlar tuzilgan bo‘lib, bu 2018-yilning mos davri bilan solishtirganda 60,4 foizga ko‘pdir. Birja orqali amalga oshirilgan eksportning hajmi 48 foizga o‘sib, 66,8 mln. AQSh dollarini tashkil qildi.

Biznesning birja va auksion savdolaridagi faol ishtiroki evaziga “O‘zRTXB” AJ tovar aylanmasining jadal sur’atlar bilan o‘sishiga erishildi. Shu jumladan, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari ishtirokida tuzilgan bitimlarning umumiy hajmi 8,3 trln. so‘mni tashkil etdiyoki 2018-yilning 5 oyi bilan solishtirganda 63 foizga o‘sdi. Tadbirkorlar birja orqali 5,6 trln. so‘mlik tovar resurslarini xarid qilib, 2,7 trln. so‘mlik ishlab chiqarilgan mahsulotlarini sotishdi.

2019-yilning yanvar-may oylarida amalga oshirilgan ko‘rgazma-yarmarka savdolarining hajmi 528,6 mlrd. so‘mni tashkil etdi va bu 2018-yilning shu davriga nisbatan 2 foizga ko‘p demakdir.

Davlat xaridlari bo‘yicha xarid.uz tizimida deyarli 1,3 trln. so‘mlik bitimlar tuzildi. Budjet va korporativ buyurtmachilarning pul mablag‘larini tejalishi 241,6 mlrd. so‘mni tashkil etdi.

Avtoraqam.uzex.uz onlayn auksioni orqali 14,6 mingdan ziyod avtomobil raqamlari sotildi. Sotilgan davlat raqam belgilarini qiymati jami 61,5 mlrd.so‘mni tashkil qildi.

Ko‘rib chiqilayotgan davr mobaynida “O‘zRTXB” AJ Jizzax filialida 167,0 mlrd.so‘mlik bitimlar tuzilib, o‘sish 47,5 foizni tashkil etdi. Ko‘rgazma-yarmarka savdolarining hajmi 3 foizga ko‘tarilib, 5,1 mlrd. so‘mga teng bo‘ldi. Bundan tashqari, Jizzax viloyatida onlayn-auksion orqali 1,4 mlrd. so‘mlik 455 ta avtoraqam sotilgan. Sotilgan avtoraqamlarning qiymati o‘tgan yilga nisbatan 2,5 marotabaga o‘sdi.

Seminarda ta’kidlanganidek, “O‘zRTXB” AJ muqobil savdo maydonchalarini yanada rivojlantirishga qaratilgan faol ishlarni amalga oshirishni davom ettirmoqda. Bugungi kunda birjada elektron tijoratning B2B, B2C va B2G modellari muvafaqqiyatli faoliyat yuritmoqda. Ushbu yo‘nalishda birjaning istiqbolli loyihalaridan biri mobil raqamlarni sotish bo‘yicha joriy etilgan yangi savdo platformasi hisoblanadi. Ushbu tizim mobilraqam.uzex.uz veb-saytda joriy yilning iyun oyining boshidan ishga tushirildi.

Anjuman doirasida chiroyli raqam kombinatsiyasiga ega mobil telefon raqamlarini sotish bo‘yicha yangi savdo platformasining taqdimoti bo‘lib o‘tdi va xaridorlarning shaxsiy kabineti orqali onlayn-auksionda ishtirok etish tartibi batafsil tushuntirildi.

Ta’kidlanganidek, xaridorlar onlayn-auksionda ishtirok etish uchun mobilraqam.uzex.uz veb-saytidа ro‘yxatdan o‘tishlari va birjaning hisob-kitob kliring palatasiga (HKP) raqamning boshlang‘ich bahosidan 10 foizni tashkil qiladigan garov mablag‘larini kiritishlari kerak. Bitimlar bo‘yicha barcha hisob-kitoblar birjaning HKP orqali yuridik shaxslarning naqdsiz to‘lovlari va jismoniy shaxslarning plastik kartalari asosida amalga oshiriladi.

Auksionlar onlayn-rejimda boshlang‘ich narxlarni ko‘tarilish tartibida buyurtmalar berilgan paytdan boshlab kamida ikki ish kuni davom etadi. Savdo jarayonida sof raqobat sharoitini yaratish maqsadida har bir kelib tushgan qarshi taklif raqobat tartibotini qo‘shimcha 10 daqiqaga uzaytiradi. Eng yuqori narxni taklif qilgan xaridor g‘olib deb e’tirof etiladi. Mazkur jarayon inson omilining ishtirokisiz tizim tomonidan avtomatik tarzda amalga oshiriladi.

Ayni paytdа mobilraqam.uzex.uz vebsaytiga «COSCOM» MChJ (Usell) kompaniyasining 100 ga yaqin mobil raqamlari sotuvga qo‘yilgan. O‘z navbatida, boshqa mobil aloqa kompaniyalar ham elektron auksion savdosida mobil raqamlarini sotuvchisi sifatida ishtirok etish uchun “O‘zRTXB” AJ bilan kelishuv tuzishlari mumkin.

Birjaning Call-markazi operatorlari (+99871) 207-00-33 telefon raqami orqali mobil raqamlarni sotish bo‘yicha onlayn-auksionda ishtirok etish masalalari yuzasidan tunu kun maslahat berib kelmoqda.

Anjuman davomida tadbir ishtirokchilar tomonidan O‘zRTXB elektron tijorat savdo platformalarini takomillashtirish bo‘yicha bir qator takliflar kelib tushdi. Shu jumladan, avtoraqamlarni otish bo‘yicha yaratilgan savdo tizimning shaxsiy kabinetlarining funktsional imkoniyatlarini yaxshilash bo‘yicha qaror qabul qilindi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq