Kosmik sohada hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi
23.06.2019
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

Oʻzbekiston va Qozogʻiston oʻrtasidagi ikki tomonlama hamkorlik boʻyicha Hukumatlararo komissiyaning 2019-yil 21-iyun kuni oʻz ishini yakunlagan navbatdagi 18 yigʻilishida Komissiya koʻp tomonlama hamkorlikni kengaytirishning joriy holati va istiqbollari, jumladan, kosmos sohasidagi hamkorlik boʻyicha Tomonlarning maʼlumotlarini koʻrib chiqdi.

22-iyun kuni AKT Vazirligida hamkorlikning aynan mazkur yoʻnalishi Qozogʻiston Respublikasi Raqamli rivojlanish, innovatsiyalar va aerokosmik sanoati vaziri oʻrinbosari M. Nurgujin bilan muhokama etildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri oʻrinbosari Q. Yuldashev mehmonni qutlar ekan, Oʻzbekiston Respublikasida kosmik sohasi tashkil etish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida soʻz yuritdi.

Oʻz navbatida, Qozogʻiston Respublikasi Raqamli rivojlanish, innovatsiyalar va aerokosmik sanoati vaziri oʻrinbosari M. Nurgujin Qozogʻistondagi kosmik soha va ushbu yoʻnalishdagi istiqbolli loyihalar haqida maʼlumot berdi.

Uchrashuv yakunida tomonlar mazkur sohada oʻzaro manfaatli hamkorlikni mustahkamlash va axborot almashishdan manfaatdor ekanliklarini bildirdilar.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq