MTV huzuridagi Axborot va pedagogik texnologiyalar innovatsion markazi hamkorlikka taklif qiladi
20.06.2019
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

2019-yil 11-iyun kuni Vazirlar Mahkamasining 487-son qarori bilan Maktabgacha ta’lim vazirligi huzuridagi Axborot va pedagogik texnologiyalar innovatsion markazi davlat tashkilotidan mas’uliyati cheklangan jamiyati shaklida qayta tashkil etildi.

Mulk shaklining o‘zgartirilishi O‘zbekiston ta’lim tizimi rivojlanishiga qiziqish bildirgan mahalliy va xorijiy sarmoyadorlarni jalb etishga sharoit yaratishi kutilmoqda.

2019-yil 18-iyun., Toshkent — Axborot va pedagogik texnologiyalar innovatsion markazi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 30-sentabrdagi «Maktabgacha ta’limni boshqarish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-3955 son qarori bilan tashkil etilgan edi. Markaz o‘quv-metodik qo‘llanmalar, multimedia mahsulotlari va kadrlarni o‘qitish dasturlarini ishlab chiqish va tarqatish, ta’lim-tarbiya jarayoniga ilg‘or texnologiyalarni joriy qilish, maktabgacha ta’lim muassasalari binolari namunalarining ekspertizasi, ta’lim maskanlarida iste’mol qilinadigan va qo‘llaniladigan oziq-ovqat mahsulotlari, tovarlar sifati va xavfsizligiga doir laboratoriya tahlillarini o‘tkazish bilan shug‘ullanadi.

Xususan:

— XXRning o‘quv-didaktik materiallar, rivojlantiruvchi o‘yinlar va o‘yinchoqlar ishlab chiqaruvchi yetakchi sanoat korxonalari bilan;

— Koreyaning «EBS Korea Educational Broadcasting System» kompaniyasi bilan multimedia va telekommunikatsiya mahsulotlari ishlab chiqish sohasida;

— Ta’lim beruvchi videomateriallar yaratish bo‘yicha Rossiya Federatsiyasi kompaniyalari bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yildi.

Innovatsion markaz boshqa yuridik shaxslarni (QK, MChJ va b.) tashkil etish, amaldagi xo‘jalik jamiyatlarining nizom jamg‘armasida ulushlar (aksiya) xarid qilish va xorijiy sarmoyalar ishtirokida qo‘shma korxonalar tashkil etish huquqiga ega bo‘ldi.

Maktabgacha ta’lim vazirligi yuklatilgan vazifalarni hayotga tatbiq etish maqsadida Axborot va pedagogik texnologiyalar innovatsion markazining bo‘sh mutaxassis o‘rinlariga ishga qabul qilishini e’lon qiladi. Shuningdek, jismoniy va yuridik shaxslar — biznes-tuzilmalar, xususiy tadbirkorlik subyektlari, xorijiy kompaniyalar, xo‘jalik yurituvchi jamiyatlar va startap-loyihalar tashabbuskorlarini hamkorlikka taklif etadi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq