“O‘zbektelekom” AK Farg‘ona filiali viloyat pochta, telekommunikatsiya sohalari xodimlari munosib taqdirlandi
18.06.2019
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

Odamlarning bugunidan mamnun, ertangi kunga ishonch bilan yashashlari uchun Prezidentimiz rahnamoligida hayotbaxsh islohotlar amalga oshirilmoqda. Bunda O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tasarrufidagi korxona va tashkilotlarda tahsinga sazovor ishlar boshlab yuborilgan. Prezidentimizning “O‘zbekiston Respublikasi aholi punktlarida telekommunikatsiya infratuzilmasini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2019-yil 22-may PQ-4329-son qarorini amalga joriy etish borasidagi ishlar hamisha diqqat markazida.

Zimmadagi vazifalar “Biz bir oilamiz-bir jamoamiz!” shiori ostida ado etishga kirishilgani ayni muddao bo‘ldiki, jamoalarda birdamlik, ahillik ruhi yanada mustahkamlanganligi sezilib bormoqda. Yaqinda vazirlikda o‘tkazilgan videoselektor majlisida soha rahbari Shuhrat Sodiqov Surxondaryo, Farg‘ona, Andijon, Toshkent viloyatlarida o‘tkazilgan o‘rganishlarni sarhisob qildi. Shuhrat Sodiqov erishilaetgan yutuqlar bilan bir qatorda kamchilik va xatolarga ham atroflicha to‘xtalib, ijrosi qisqa muddatlarda bajarilishi zarur bo‘lgan topshiriqlar berdi.

Videoselektor yakunida an’anaga ko‘ra sohada uzoq yillar ibrat ko‘rsatib ishlagan bir guruh xodimlarga vazirlikning tashakkurnomasi va esdalik sovg‘alari topshirildi. “O‘zbektelekom” AK Farg‘ona filiali katta majlislar zalida viloyat pochta, telekommunikatsiya sohalarining 20 nafar xodimlariga esdalik sovg‘alari tantanali ravishda topshirildi. Taqdirlanganlarning quvonchlari behad cheksiz edi.

Adibaxon Tursunova “O‘zbektelekom” AK Farg‘ona filiali, Beshariq TB mijozlarga xizmat ko‘rsatish savdo ofisi menejeri: — Bu kun hayotimdagi eng unutilmas kunlardan biri bo‘lib qoladi. Mehnatlaring, zahmatlaringni bilishlarining o‘zi ham aslida ulkan baxt. Hurmat-izzat ko‘rsatib kattagina yig‘inda minnatdorchilik e’lon etishlariyu, chuqur ehtirom zuhur nigohlarni ko‘rish saodatini ne ekanligini esa shoir emasmanki, ta’riflab bersam. O‘z kasbini shu go‘zal hayotni sevgandek sevadigan oddiy aloqachiman! “Men telekomchiman!” — Ayni damda vazirligimiz tomonidan berilgan –“Tashakkurnoma”ni qo‘limga olarkanman – qalbimda ana shu xitob qayta-qayta yangragandek bo‘ldi. Qimmatbaho sovg‘a va bir martalik pul mukofotini ham qabul qilib oldik.”Mehnatda alohida o‘rnak ko‘rsatgan” — deya e’zozlagan vazirligimizdan cheksiz minnatdorman. Rahmat! Bundan keyin ham kasbimni halol mehnatim bilan yanada ulug‘lab, kompaniyamiz nufuzini oshirishga o‘zimning munosib hissamni qo‘shishda davom etaman.

O‘ktamjon Abduraimov, “O‘zbekiston pochtasi” AJ Farg‘ona filiali Bag‘dod pochta aloqasi bog‘lamasi Chekmirzaobod aloqa bo‘limi boshlig‘i: — Mening hayotimda ham quvonchli kunlar ko‘p bo‘lgan, biroq bugungi kun xursandchiligi boshqacha bo‘ldi. Xalqona qilib aytganda, bo‘yim bir gaz o‘sdi. Boshim osmonga yetdi. Bu mening kamtarona intilishim, mehnatni sevganligimga berilgan eng a’lo mukofot bo‘ldi, desam ishonavering. Ha, ushbu vazirligimiz ehtiromini qariyb 30 yilki, pochta sohasidagi o‘zgarishlarni dildan his etib, sohaga kelgan sinovlarga dosh berib kelayotganimiz, mehnat faoliyatimizdagi issiq-sovug‘iga chidash berganimizga berilgan baho deb bildim! Tilimdayu, dilimda – eng oliy, eng bebeho tuhfalar shukronasi. Rahmat! Ko‘rsatilgan hurmat, e’tibordan g‘oyatda mamnunman.

Hafiza Salyahova,
“Xabar”ning Farg‘ona viloyatidagi muxbiri

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq