Toshkent shahridagi Amiti universitetiga rektor tayinlandi
17.06.2019
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Aziz Muhitdinov Amiti universiteti rektori vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

Aziz Muhitdinov bunga qadar “UNICON.UZ” korxonasida AKTni rivojlantirish va joriy qilish boʻyicha direktorning birinchi oʻrinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Aziz Muhitdinov 1985-yili Toshkent shahrida tavallud topgan. 2009-yilda M.A. Bonch-Bruyevich nomidagi Sankt-Peterburg davlat telekommunikatsiyalar universitetini tamomlagan.

U AKT vazirligi, “Oʻzbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi tizimida turli vazifalarda, shuningdek “UZINFOCOM” markazida direktor vazifasini bajaruvchi lavozimida ham ishlagan.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda Hindistonning Amiti universiteti hamkorligida Toshkent shahrida Amiti universiteti tashkil etilgandi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 7-yanvardagi qaroriga muvofiq, Toshkent shahridagi Amiti universiteti 2019-yilning sentyabr oyidan oʻquv yilini ochadi. Oliy taʼlim muassasasi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, jumladan, kompyuter va dasturiy injiniring, sunʼiy intellekt va menejment sohalarida mutaxassislar tayyorlaydi.

Amiti universiteti Hindistonda yetakchi xususiy oliy taʼlim muassasasi hisoblanib, unda 150 mingda ziyod talaba tahsil oladi. Taʼlim muassasasining bosh korpusi Noida shahrida joylashgan boʻlib, uning 11 ta shaharda kampuslari mavjud. Shuningdek, Nyu-York, London, Dubay, Singapur, Xitoy, JAR va jahonning boshqa shaharlarida filiallari faoliyat yuritadi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq