«O‘zbektelekom» AK Wi-Fi simsiz tarmoqlari foydalanuvchilarini identifikatsiyalash va avtorizatsiyalash uchun yangi xizmatni taklif qiladi
16.06.2019
Rukn: Internet.
Muallif: .

Bugungi kunda butun O‘zbekiston bo‘ylab Wi-Fi tarmoqlari faol rivojlanmoqda, ularning uzliksiz ishlashi uchun foydalanuvchilarni identifikatsiyalash va avtorizatsiyalash zarur. Shu munosabat bilan «O‘zbektelekom» AK hamkorlariga simsiz Wi-Fi tarmoqlari foydalanuvchilarini identifikatsiyalash va avtorizatsiyalash uchun yangixizmat turini taklif etdi, ya’ni ushbu xizmat SMS-xabarlar avtorizatsiyasi tizimini va brendlangan sahifalarni o‘z logotipi bilan loyihalashtirish imkonini o‘zida jamlaydi.

Mazkur xizmat O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-fevraldagi «O‘zbekiston Respublikasi turizm salohiyatini rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratish bo‘yicha qo‘shimcha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PF-5326-son Farmonining bajarilishi, shuningdek, taqdim etilayotgan telekommunikatsiya xizmatlari doirasini kengaytirish maqsadida joriy etildi.

Kompaniya hamkorlariga 1 ta ulanish nuqtasi maydonidan tortib, 50 tadan 100 tagacha ulanish nuqtasi maydonigacha bo‘lgan 5 ta tarif reja taklif etiladi. Xizmat narxi oyiga 150 000 — 2 500 000 so‘mni tashkil etadi.

Bunda Internet-trafik uchun to‘lov Operatorning tasdiqlangan tariflariga muvofiq amalga oshiriladi va foydalanuvchi Operator tavsiyasiga binoan qurilmalarni mustaqil ravishda sotib oladi.

Bir pochta manzilidan Internet tarmog‘iga kirish xizmati oylik abonent to‘lovi hajmi 4 million so‘m yoki undan ko‘p bo‘lgan tarif rejasiga ulanishda, bepul asosda simsiz Wi-Fi tarmog‘idan foydalanuvchilar shaxsi identifikatsiyasi bo‘yicha (5 ta kirish nuqtasi) 1 ta maydonni taqdim etish mumkin.

Yangi xizmat, xo‘jalik yurituvchi subyektlarga foydalanuvchilarni identifikatsiyalash va avtorizatsiyalash uchun o‘z xizmatlarini yaratishga sarf-xarajat qilmasdan xususiy Wi-Fi tarmoqlarini tezlik bilan tashkil etish imkonini beradi.

Tariflar haqida batafsil ma’lumotlar bilan bu yerda tanishish mumkin.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq