ZTE korporatsiyasi katta vitse-prezidenti bilan uchrashuv
14.06.2019
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

12-iyun kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Shuhrat Sodiqovning Xitoyning ZTE telekommunikatsiya kompaniyasi katta vitse-prezidenti Van Siang bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

Mazkur uchrashuv uzoq yillar mobaynida tomonlar oʻrtasida amalga oshirib kelinayotgan muzokaralarning davomi hisoblanadi.

Vazir mehmonni qutlar ekan, Xitoyning yetakchi texnologik kompaniyalarining Oʻzbekiston bozoridagi faol ishtiroki mamlakatlarimiz oʻrtasidagi samarali hamkorlik hamda respublikamizda qulay investitsiya muhiti yaratilgani natijasi ekanini taʼkidladi.

Simli va mobil keng polosali ulanish (Internet) tarmoqlarini kengaytirishning istiqbollari muhokamalarning markaziy mavzusiga aylandi. Shuningdek, kadrlar tayyorlash va soha mutaxassislari malakasini oshirish boʻyicha ham fikr almashildi.

ZTE korporatsiyasining katta vitse-prezidenti kompaniya Oʻzbekistonda oʻz faoliyatini yanada faollashtirishga tayyor ekanini bildirdi.

Vazirlik tomonidan ham zamonaviy va talab yuqori boʻlgan telekommunikatsiya xizmatlarini koʻrsatish uchun eng yangi texnologiyalarni joriy etish yuzasidan hamkorlikdagi investitsiya loyihalarini amalga oshirishda ZTE korporatsiyasining Oʻzbekistondagi telekommunikatsiya operatorlari bilan yaqindan hamkorlik qilishi qoʻllab-quvvatlanishi maʼlum qilindi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq