Spamerlar Google xizmatlaridan spam-filtrlardan aylanib oʻtish uchun foydalanmoqdalar
13.06.2019
Rukn: Internet.
Muallif: .

“Kasperskiy laboratoriyasi” tadqiqotchilari Internet-firibgarlar va spamerlar foydalanuvchilarni Google xizmatlari yordamida qanday qilib aldayotganligi haqida soʻzlab berishdi. Xizmatlarni Gmail bilan sinxronlash tufayli hujumkorlar ularning nomlaridan spam-filtrlar orqali blokirovka qila olmaydigan xabar joʻnatsa boʻladi.

Birinchidan, spammerlar Google taqvim dasturini oʻz ehtiyojlari uchun moslashtirib oldilar. Xizmat xar qanday foydalanuvchiga uchrashuv belgilashning imkonini yaratadi, buning uchun u tegishli ogohlantirish oladi va firibgarlar ommaviy ravishda uchrashuvlar belgilash uchun shoshilib qolishadi. Ular oʻzlarining xat matnlarini “Tadbir mavzusi” va “Qayerda” joyida yozishadi. Odatda, bular soxta gʻolib boʻlganligi yoki pul mukofoti yutugʻi haqidagi xabarni oʻz ichiga olgan xabar boʻladi.

“Qolgani oson – yoki havola fishing boʻlib tajovuzkorlar sizning kartangiz maʼlumotlarini bilmoqchi boʻladi (xuddi sizga mukofot yuboradigandek), yoki ular “Mukofot” kelib tushgunicha oʻtkazish lozim boʻlgan pul oʻtkazmasi uchun komissiya pulini soʻrashadi. Maʼlumki, bu mablagʻ hech qachon kelib tushmaydi-deydi tadqiqotchilar.

Ikkinchidan, firibgarlar fotosuratlar ostida spam-sharh yozishni oʻrgandilar. Ular foydalanuvchini fotosuratda belgilab, unga yozilgan sharhlarda xabar matnini kiritadi.

“Masalan, mavjud boʻlmagan chek fotosurati firibgarlarning niyatlarini darhol bildirib qoʻyadi: chekda katta miqdordagi pul tushumi uchun toʻlanishi lozim boʻlgan komissiya puli haqida soʻz yuritiladi. Jabrlanuvchi komissiya pulini toʻlagach, firibgarlar u bilan xar qanday aloqani uzib tashlashadi“, deyiladi kasperskiy laboratoriyasida.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq