“Neksiya”ga yashirilgan 283 million so‘mlik mobil telefonlari fosh etildi
13.06.2019
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Bojxona xodimlari movil telefonlarning noqonuniy aylanmasiga o‘z vaqtida chek qo‘yishmoqda.

Farg‘ona viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan Marg‘ilon shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida shu kabi huquqbuzarlik holati aniqlandi.

Tadbir davomida, “Vodil-Farg‘ona-Marg‘ilon” yo‘nalishida harakatlanayotgan fuqaro M.X boshqaruvidagi “Neksiya-2” rusumli avtomashina Marg‘ilon shahrida to‘xtatilib ko‘zdan kechirildi.

Natijada avtomashina yukxonasida muqaddam qo‘shni mamlakatdan olib kirilgan, xorijda ishlab chiqarilgan, tegishli hujjatlari bo‘lmagan, 9 turdagi 283 million so‘mlik 262 dona mobil aloqa vositalari borligi aniqlandi.

Hozirda ushbu holat yuzasidan bojxona tekshiruvlari olib borilmoqda.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq