“RoboCUP” televizion musobaqasi gʻoliblari Xitoy oromgohiga yoʻllanma oldilar!
12.06.2019
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Isteʼdodli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash Ulugʻbek jamgʻarmasi hamda Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi bilan hamkorlikda yurtimizdagi iqtidorli yosh robototexniklar oʻrtasida oʻtkazilgan “RoboCUP” televizion musobaqasi oʻz yakuniga yetdi.

Joriy yilning 11-iyun kuni “Mening Yurtim” telekanalida “RoboCUP” musobaqasining final koʻrsatuvi namoyish etildi. “RoboCUP” musobaqasi Robo-sumo hamda Robo-futbol yoʻnalishdan iborat boʻlib, 2 yosh toifasi, yaʼni 16 yoshgacha boʻlgan bolalar hamda 16 yoshdan 22 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar oʻrtasida oʻtkazildi.

Dastlab 5–20-mart oraligʻida Innovatsion rivojlanish vazirligining saytida arizalar on-layn tarzda qabul qilib olindi. Oʻn kishidan iborat maxsus komissiya tomonidan Robo-futbol yoʻnalishi oʻyicha 16 ta jamoa va Robo-sumo yoʻnalishi boʻyicha 12 ta jamoa tanlab tanlab olindi.

Robo-sumo yoʻnalishida ikki nafar ishtirokchidan iborat har bir jamoa Arduino platformasi asosida robotlar yaratdilar va robotlar mardu maydonda oʻz kuchlarini sinadilar. Ikki oy davom etgan televizion musobaqaning finaliga chiqqan Javohir Rahimov va Ibrohim Sultonov gʻalaba qozonib, Xitoyning Asian Science Camp oromgohiga yoʻllanmani qoʻlga kiritdilar.

Robo futbol yoʻnalishdagi musobaqa Lego konstruktorlari yordamida yasalgan robotlar oʻrtasida boʻlib oʻtdi. Bu yoʻnalishda Just robotics jamoasi gʻolib de topildi. Jamoa aʼzolari Habibulloh Akromjonov va Asrorxoʻja Gʻanixoʻjayevlar Turin politexnika universitetiga kirishda imtihonlarida qoʻshimcha 30 foiz imtiyozga ega boʻlish imkoniyatiga ega boʻldilar. Gʻolib jamoa aʼzolari mazkur imtiyozdan istalgan payt foydalanishlari mumkin.

Bundan tashqari ikki yoʻnalish boʻyicha ham birinchi, ikkinchi va uchinchi oʻrinlar sohiblariga maxsus diplomlar va esdalik sovgʻalari topshirildi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq