Sumkadagi oziq-ovqatlar orasiga nima yashirilgan edi?
11.06.2019
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Bojxona xodimlari “Toshkent” xalqaro aeroportida mobil aloqa vositalarini yashirincha olib kirishga uringan fuqaroning “ustamonligini” fosh etishdi.

«Seul-Toshkent» yo‘nalishi bo‘yicha uchib kelgan fuqaro Z.R. harakatlanish uchun «yashil» yo‘lakni tanlab, bojxona xodimining og‘zaki so‘rovida sumkalari ichida oziq-ovqat mahsulotlari borligini ma’lum qildi.

Biroq fuqaro Z.R. ning qo‘l yuklari rentgen-skaner qurilmalaridan o‘tkazilganda, ushbu fuqaroning “ustamonligi” fosh bo‘ldi. Sumkalar ichidagi oziq-ovqat mahsulotlari orasiga yashirilgan va jismoniy shaxslar uchun tovarlarni bojsiz olib kirish me’yoridan ortiq bo‘lgan qiymati 26 million so‘mlik 114 dona mobil aloqa vositalari borligi aniqlandi.

Hozirda ushbu holat yuzasidan tekshiruv ishlari davom etmoqda.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq