Toshkentdagi Inha universiteti talabalari birinchi marta «FALLING WALL LAB» da ishtirok etib, birinchi o’rinni egallashdi
07.06.2019
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Falling Walls Lab — Berlin devorining qulashi 20-yilligi sharafiga Germaniyada yaratilgan loyihadir. Bu yosh olimlar o’zlarining innovatsion g’oyalarini ilmiy, ijtimoiy, sanoat yoki biznes sohalarida taqdim etish imkonini beruvchi konferentsiya hisoblanadi.

«FALLING WALL LAB» ikki bosqichda amalga oshiriladi: ishtirok etuvchi mamlakatlarda, birinchi navbatda, milliy miqyosda jamoatchilik prezentatsiyalari birinchi saralash bosqichi davomida o’tkaziladi.

3-may kuni Toshkentda Germaniya elchixonasi tomonidan tashkil etilgan «Falling Walls Lab Tashkent» tanlovi doirasida biznes namunalari, innovatsion loyihalar va g’oyalar taqdimoti bo’lib o’tdi. Inha universiteti talabalari Javohir Jo’raxonov va uning jamoasi «MakeCraft» boshlang’ich loyihasini taqdim etib, birinchi o’rinni qo’lga kiritishdi.

MakeCraft — mavjud materiallatdan masalan, plastmassadan, kauchukdan chiroyli va foydali narsalarni yaratish imkonini beruvchi platformadir. Bu loyiha maqsadi ham odamlarni atrof-muhitni ifloslanishini kamaytirishga undash hisoblanadi.

Javohir Juraxonov Germaniyaga 8-9 noyabr kunlari Germaniyada har yili o`tkaziladigan siyosat, fan, iqtisodiyot, madaniyat va ommaviy axborot vositalarining vakillari ishtirokida o’tkaziladigan «FALLING WALL LAB» ning yakuniy bosqichida o’z loyihasini taqdim etish uchun Germaniyaga yo`llanmani qo`lga kiritdi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq