“Innovatsion gʻoyalar, texnologiyalar va loyihalar” koʻrgazmasi
07.06.2019
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

7-iyun kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida “Innovatsion gʻoyalar, texnologiyalar va loyihalar” koʻrgazmasi boʻlib oʻtdi.

Tadbirda “Kibersport” yoʻnalishi boʻyicha iqtidorli talabalar jamoalari oʻrtasida musobaqa, “Roboticslab” masʼuliyati cheklangan jamiyat tomonidan talabalar oʻrtasida innovatsion gʻoyalar va ishlanmalari tanlovining final bosqichi va “Marcos Soft” masʼuliyati cheklangan jamiyat tomonidan iqtidorli talabalarning loyihalarini qoʻllab-quvvatlash yoʻnalishida “Dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqarish” yoʻnalishida talabalarning ishlanmalari tanlovi boʻlib oʻtdi.

Shuningdek, koʻrgazmada Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasining “Texnik koʻmaklashish markazi” davlat unitar korxonasi tomonidan “Axborot xavfsizligi” yoʻnalishi boʻyicha Quest-viktorina tanlovi ham oʻtkazildi. Ushbu Tanlovda qatnashgan 100 dan ortiq talabalardan 10 ta eng yuqori ballarni qoʻlga kiritgan ishtirokchilar“Texnik koʻmaklashish markazi” davlat unitar korxonasi tomonidan tanlovga qoʻyilgan bir qancha esdalik sovgʻalarga ega boʻlishdi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq