Toshkentda – “Axborot xavfsizligi kodi” konferensiyasi boʻlib oʻtdi
01.06.2019
Rukn: Коnferensiyalar, seminarlar va taqdimotlar.
Muallif: .

2019-yil 30-may kuni Toshkentda birinchi marta soha mutaxassislari uchun axborot xavfsizligi boʻyicha “Axborot xavfsizligi kodi” mavzusida konferensiya boʻlib oʻtdi. Bu yilgi konferensiyada 6 mamlakat (25 ta shahar) ishtirok etdi.

Oʻzbekiston respublikasi axborotlashtirish va kommunikatsiyalar sohasida nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi “Texnik koʻmaklashish markazi” DUK direktorining oʻrinbosari Rustam Yunusov soʻzga chiqib, tadbir qatnashchilarini qizgʻin qutladi.

Toshkentda boʻlib oʻtgan ushbu tadbirda: “Taqiqlash kerakmas Ruxsat”, bahs mavzusi etib tanlandi. Mutaxassislar, vergulni qayerga qoʻyish kerakligi haqida qizgʻin bahs qildilar. Xulosa yakunida axborot xavfsizligi xizmatining biznes va foydalanuvchilarga yordam berishi lozimligi va oʻziga xos jallodga oʻxshab qolmasligi kerak degan xulosaga kelishildi.

Xalqaro tadbir Oʻzbekiston respublikasi axborotlashtirish va kommunikatsiyalar sohasida nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi “Texnik koʻmaklashish markazi” Davlat unitar korxonasining koʻmagi va faol ishtirokida oʻtkazildi.

Konferensiya dasturi plenar muhokamadan boshlandi, unda Oʻzbekiston va Rossiya kiberxavfsizlik boʻyicha mutaxassislar Rossiya, Ukraina, Oʻzbekiston va Ozarbayjonda kiber xavfsizlik masalalarini rivojlantirishning asosiy tendensiyalarini muhokama qildilar. “Texnologiyalar”, “Odamlar” seksiyalari tashqi va ichki tahdidlardan himoya qilish boʻyicha venderlar va integratorlarning yangi yechimlari haqida soʻzlab berishdi.

Konferensiya doirasida “ Texnik topshiriqlar ekspertizasi ” boʻlimi boshligʻi Maksim Morozov “Tarmoqning SERT xizmatlari: dolzarbligi va istiqbollari” mavzusida taqdimot oʻtkazdi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq