Toshkentda Aloqa sohasida hududiy hamdoʻstlik tadbirlari oʻtmoqda
30.05.2019
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

28-may kuni Toshkent shahrida Radiochastota spektri va yoʻldosh orbitalaridan foydalanishni tartibga solish boʻyicha Aloqa sohasida hududiy hamdoʻstlik (ASʼHH) komissiyasining 15-majlisi boshlandi. Ushbu tadbir 31-may kuni yakunlanadi.

Majlis ishtirokchilariga tabrik soʻzi bilan Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri oʻrinbosari B. Olmatov murojaat qildi.

Komissiya ASʼHH ishtirokchi-mamlakatlarida radiochastota spektridan foydalanish, radiotexnologiyalarning dolzarb masalalari, uning uchta Ishchi guruhi faoliyati natijalari koʻrib chiqiladi.

2019-yilning 28-31-may kunlarida Komissiya ishchi guruhining majlislari ham bir paytda oʻtkaziladi. ASʼHH tadbirlari Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining koʻmagida oʻtkazib kelinadi.

Jumladan, bugun 2019-yilgi Radioaloqa Assambleyasi va Radioaloqa Butunjahon anjumaniga tayyorgarlik koʻrish boʻyicha Ishchi guruhining 8-majlisi boʻlib oʻtmoqda. Ishchi guruhi anjuman davomida himoya qilishlari uchun kun tartibidagi bandlar boʻyicha ASʼHH mamlakatlarining hududiy pozitsiyasini tayyorlash masalalarini muhokama qilmoqdalar.

Shuningdek, Radioeshittirish boʻyicha Ishchi guruhning 12-majlisi hamda Radiochastotalarni boshqarish boʻyicha Ishchi guruhning 13-majlisi ham ish boshlagan.

Yigʻilishlarda ishtirokchilar raqamli teleuzatishlarni tatbiq etishda radiochastotalar boʻyicha muayyan jihatlar (aspektlar)ni, yoʻldoshli navigatsiya tizimlarining toʻsiqlarsiz ishlashi, buyumlar interneti tizimiga mashinalarning oʻzaro taʼsiri uchun simsiz aloqa texnologiyalaridan foydalanish va boshqa masalalar muhokama qilinadi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq