«O‘zbektelekom» AK aholiga telekommunikatsiya xizmatlarini taqdim etish loyihalari bo’yicha brifing o’tkazdi
29.05.2019
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

2019-yil 28-may kuni «O‘zbektelekom» aksiyadorlik kompaniyasi tomonidan ommaviy axborot vositalari uchun brifing o‘tkazildi, unda olib borilayotgan keng ko‘lamli loyihalar amalga oshirilishi haqida so‘zlab berildi. Mavjud aloqa liniyalari yangilanmoqda va zamonaviy qurilmalar o‘rnatilmoqda.

«O‘zbektelekom» aksiyadorlik kompaniyasi 2019-yilda taqdim etilayotgan xizmatlar sifatini yaxshilash, abonentlar sonini ko‘paytirish va Internet tezligini oshirishga yo‘naltirilgan qator loyihalarni amalga oshirmoqda. Telekommunikatsiya tarmoqlarini modernizatsiya qilish butun O‘zbekiston bo‘ylab misli liniyalarni optik tolali aloqa liniyalariga almashtirishni nazarda tutadi. Shu bilan birga, O‘zbekiston bo‘ylab, jumladan, chekka hududlarga ham kabellar yotqizilmoqda.

Faqat 2019-yilning dastlabki to‘rt oyida quyidagi ishlar amalga oshirildi:

  • Respublikaning barcha hududlarida texnik standartlar talablariga muvofiq, liniya kabel inshootlarini qo‘llab-quvvatlash uchun eskirgan telefon liniyalari ta’mirdan chiqarildi va almashtirildi, 4 ming kmdan ortiq mis kabellari yangilandi, xDSL texnologiyasi bilan xizmatlar sifati yaxshilandi.
  • Umumiy sig‘imi 150 mingdan ortiq portga ega keng polosali ulanish qurilmalari o‘rnatildi, buning natijasida abonentlarga FTTx texnologiyasidan foydalangan holda optik aloqa liniyalariga asoslangan telekommunikatsiya xizmatlari taqdim etilmoqda. Joriy yilning birinchi choragida 2 ming 408ta ko‘p qavatli uylar, 1108ta umumiy ta’lim maktablari zamonaviy aloqa xizmatlari bilan ta’minlandi.
  • Bundan tashqari, 2019-yil boshidan, «O‘zbektelekom» aksiyadorlik kompaniyasi va boshqa ijtimoiy obyektlar uchun GPON texnologiyasidan foydalangan holda zamonaviy telekommunikatsiya xizmatlarini taqdim etish uchun 5000 kmdan ortiq optik-tolali aloqa liniyalari yo‘lga qo‘yilmoqda.
  • Bugungi kunda umumiy hajmi 54272 portga ega VDSL qurilmasini o‘rnatish, shuningdek, O‘zbekistonning barcha hududlarida 146,944 portga ega GPON qurilmasini o‘rnatish ishlari olib borilmoqda va 2019-yilning ikkinchi choragida ishga tushiriladi. Shuningdek, joriy yilning uchinchi choragida umumiy quvvati 600 mingdan ortiqni tashkil etgan GPON texnologiyasidan foydalangan holda qo‘shimcha qurilmalar yetkazib berish rejalashtirilgan.

Brifing davomida «O‘zbektelekom» aksiyadorlik kompaniyasi bugungi kunda abonеntlarga xizmat ko‘rsatish sifati va xizmatlarni taqdim etishga yo‘naltirilgan yondashuvni joriy etishga katta e’tibor qaratilayotganligi haqida ham so‘zlab berildi.

Masalan, taqdim etilayotgan xizmatlar sifatini yanada yaxshilash maqsadida «O‘zbektelekom» AK Qo’ng’iroqlarni qayta ishlash yagona markazlarini birlashtirish uchun mamlakatning barcha hududlaridan kelib tushayotgan qo‘ng‘iroqlarni «1084» va «1086» raqamlariga yo‘naltirish ishlari amalga oshirildi va qabul qilish tizimi markazlashtirildi. Bu mijozlarga xizmat ko‘rsatish sifatini sezilarli darajada oshirdi.

«O‘zbektelekom» AK 2019-yil 15-maydan boshlab, ko‘rsatilayotgan xizmatlar va Abonеntlarga xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash maqsadida UZONLINE Internet tarmog‘i xizmatlariga ulanish uchun abonent to‘lovlari hisob-kitob va to‘lovlar davri uchun «suzuvchi davr» yangi tartibini taqdim etdi.

Ushbu hisob-kitob tizimini joriy etish oyning dastlabki kunlarida yuklamalarni bir maromda taqsimlashga, hamda billing tizimi va Call-markazining faoliyatini optimallashtirishga imkon beradi, bu esa o‘z navbatida, taqdim etilayotgan xizmatlar sifatini sezilarli darajada yaxshilaydi.

2019-yildan boshlab, «O‘zbektelekom» AK tomonidan abonentlar uchun O‘zbekistonning barcha hududlarida aksiyalar o‘tkazilmoqda. 2019-yil fevral oyidan boshlab, abonentlar uchun doimiy ravishda, turar-joy binolari hovlilariga ko‘chma ulash xizmatlari amalga oshirilmoqda. Mamlakat bo‘ylab shahar va tumanlarning aholisi faqat hovliga chiqib, shu yerning o‘zidayoq kompaniyaning barcha xizmatlarini jumladan telefoniya, mobil aloqa, IPTV va Internet xizmatlariga ulanishlari mumkin bo‘ldi. Aholi fikriga ko‘ra, «O‘zbektelekom» AK mijozlari bilan «aloqa formati» juda qulay va foydalidir.

«Obod qishloq» davlat dasturini amalga oshirish doirasida kompaniya UZMOBILE CDMA tarmog‘i uchun maxsus xususan uzoq chekka qishloq hududlarida yashovchi aholi uchun «Obod» tarifi joriy etildi. Mazkur tarif rejasiga muvofiq, olis qishloq aholisi ishonchli aloqa asosida, arzon narxlarda CDMA-450 standartining barcha afzalliklaridan foydalanishlari mumkin.

Tashqi kanalni kengaytirish, telekommunikatsiya tarmoqlarini modernizatsiya qilish va yangi qurilmalarni o‘rnatish kompaniyaga tariflarni doimiy ravishda tushirish, tezlikni oshirish va abonentlar uchun ko‘plab aksiyalarni o‘tkazish imkonini beradi.

25-fevraldan boshlab, «O‘zbektelekom» AK «UNLIM» seriyasining yangi limitsiz tarif rejalarini foydalanish uchun taqdim etdi. Yangi tarif rejalari foydalanuvchilar orasida tezda ommalashib ketdi. Ijtimoiy tarmoqlarda va telegramm kanallarda yangi tarif rejalari yuqori tezlikda, qulay va arzon narxlarda amalga oshirilishi haqida xabarlar va izohlar berila boshladi. Abonentlarning ehtiyojlarini qondirish maqsadida, 12-apreldan «O‘zbektelekom» AK «UNLIM» tarif rejasining seriyasini yana uchta: «UNLIM 6», «UNLIM 40» va «UNLIM 100» bilan to‘ldirdi.

Endilikda «UNLIM» seriyasi jismoniy shaxslar uchun limitsiz tarif rejalarining barcha qatorini: UNLIM 4, UNLIM 6, UNLIM 10, UNLIM 20, UNLIM40 va UNLIM 100 tashkil etadi. (Batafsil ma’lumot saytimizda: www.uztelecom.uz)

«Tariflar nomidagi raqamlar muvofiq ravishda xizmatlar tezligini: 4, 6, 10, 20, 40 va 100 Mbit/s. anglatadi — deydi «O‘zbektelekom» AK tijorat direktori v.v.b. Alisher Abdudjaparovich Zufarov, — Yangi tariflarning trafikdagi cheklovi va «GACHA» qo‘shimchasi mavjud emas, bu kompaniya ommaviy ofertasidan o‘tgan yili 1-dekabrda olib tashlangan. Har bir abonent endi qaysi (ADSL, VDSL yoki FTTx) texnologiyadan foydalanishidan kelib chiqqan holda, 4 dan 100 Mbit/s. gacha tezlikni tanlashi mumkin. Internet hech qachon bu qadar arzon va tezkor bo‘lmagan!  

Brifing vaqtida yana bir juda qiziqarli loyiha amalga oshirilishi haqida so‘zlab berildi. 2017-2019 yillar uchun jahon axborot tarmog‘ida milliy kontentni rivojlantirish bo‘yicha kompleks dasturni amalga oshirish doirasida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 14-avgustdagi «Jahon axborot tarmog‘ida milliy kontentni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» gi 625-sonli qaroriga muvofiq, «O‘zbektelekom» AK «Uz-IX» piring tarmog‘ini amalga oshirish bo‘yicha loyiha ishga tushirildi.

«O‘zbektelekom» AK «Uz-IX» piring tarmog‘ining tashkil etilishi jahonda ommabop Internet-resurslar va portallarni joylashtirish, shuningdek, Internet tarmog‘iga ulanish xizmatlariga ijobiy ta’sir ko‘rsatadigan yuqori sifatli milliy kontentni rivojlantirish bo‘yicha loyihalarni shakllantirish imkonini beradi.

Hozirgi kunda «O‘zbektelekom» AK litsenziyalangan yirik media-kontent kutubxonasiga (filmlar, teleseriallar va multfilmlarga) ega bo’lgan ivi onlayn-kinoteatri bilan hamkorlikda qo‘shma loyihani tijorat maqsadlarida foydalanishga topshirdi.

Telekommunikatsiya tarmoqlarini modernizatsiya qilish davom etmoqda. Tezlik oshirilmoqda, tariflar esa tushmoqda!

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq