“Texnik koʻmaklashish markazi” Davlat unitar korxonasi mutaxassislari bir qator tadqiqot va seminarlar oʻtkazdilar
28.05.2019
Rukn: Коnferensiyalar, seminarlar va taqdimotlar.
Muallif: .

Hozirgi kunda axborot-texnologiyalari barcha sohada qoʻllanilib kelinmoqda. Shu jihatdan hatto baʼzilar hayotini texnika-kommunikatsiyasiz tasavvur qila olmaydilar. Jumladan: ijtimoiy tarmoqlar, tezkor xabarlar, onlayn-doʻkonlari, onlayn-banking — biz ushbu aloqa va kommunikatsiya vositalaridan xar kuni foydalanamiz. Biz kundalik murojaat qiladigan mana shu barcha kirish nuqtalari potensial zaif, demakki himoyaga muhtoj. Aynan shuning uchun axborot xavfsizligi hayotimizda muhim rol oʻynaydi.

Oʻzbekiston Respublikasi Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasining “Texnik koʻmaklashish markazi” (Keyingi oʻrinlarda – Markaz) ning bir guruh malakali mutaxassislari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarining joriy etilishini nazorat qilish, ularni himoya qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 21-noyabrdagi PK-4024-son qarori bilan belgilangan vazifalarning ijrosi yuzasidan Respublikaning barcha viloyat hokimiyatlarida axborot xavfsizligining hozirgi holatini oʻrganishdi, shuningdek aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etishda amaliy yordam koʻrsatdilar. Tadqiqot natijalari boʻyicha davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari hududiy boshqarmalari, mahalliy davlat hokimiyati organlari axborot texnologiyalari va axborot xavfsizligini rivojlantirish va amalga oshirish sohasidagi masʼul shaxslar uchun oʻquv seminarlari oʻtkazildi.

Seminar davomida quyidagi masalalar koʻrib chiqildi:

— “Axborot xavfsizligini taʼminlashning asosiy talablari”,

— “Axborot xavfsizligi muammolari va ularni bartaraf etish”,

— “Tashkilotlarda axborot xavfsizligini boshqarish tizimi”,

— “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarining joriy etilishini nazorat qilish, ularni himoya qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” PK-4024-son qarorida keltirilgan asosiy vazifalar,

— “Qoraqalpogʻiston Respublikasida E-IJRO tizimini joriy etish va rivojlantirish”.

Soʻzga chiqqanlar yigʻilganlarning oʻzlarini qiziqtirgan barcha savollariga javob berdilar. Shuningdek, seminarlarda axborot xavfsizligining boshqa dolzarb masalalari ham muhokama qilindi. Seminarlar davomida Oʻzbekiston Respublikasi ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi va mutaxassislarimiz bilan intervyular uyushtirildi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq