Moskva shahridagi amaliy xavfsizlik boʻyicha “Positive Hack Days 9” Xalqaro forum
28.05.2019
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

Shu yilning 20-mayidan 24-mayigacha Moskva shahrida (Rossiya Federatsiyasi) OAJ “Positive Technologies” amaliy koʻmagida xar yil tashkil etiladigan “Positive Technologies” (PHDays) IX forumi oʻtkazildi. Boʻlib oʻtgan forumda “Positive Technologies” OAJning taklifiga binoan Oʻzbekiston respublikasi axborotlashtirish va kommunikatsiyalar sohasida nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi “Texnik koʻmaklashish markazi” DUK xodimlari: Gafurov Sh., Ishmuratov A., Ibroximov A., Saidvaliyeva I. lar ham ishtirok etishdi.

PHDays — bu 2011-yildan buyon har yili Moskvada oʻtkazib kelinayotgan axborot xavfsizligi sohasidagi asosiy tadbirdan biridir. Joriy yilda ushbu tadbirdagi ishtirokchilar soni rekord daraja — 8 mingdan ziyod kishini tashkil etdi.

Ushbu tadbirda rossiyalik va xorijiy ishlab chiqaruvchilar, axborot xavfsizligi boʻyicha mutaxassislar, hakerlar shuningdek, davlat organlari, CIO va CISO kompaniyalari vakillari, banklar, telekommunikatsiya, neft va gaz sanoati va axborot texnologiyalari kompaniyalarining yetakchi mutaxassislari ishtirokida davra suhbatlari, ochiq va yopiq panel uchrashuvlar oʻtkazdilar.

Jumladan, xalqaro forumda master-klasslar hamda laboratoriya ustaxonalarida amaliyotlar oʻtkazildi. Forumning asosiy voqeasi – hujumchi va himoyachi kompaniyalar oʻrtasidagi 30 soatlik “The Standoff” kiber-maydon boʻldi.

Forumda axborot xavfsizligining quyidagi dolzarb masalalari koʻtarildi:

— Axborot tizimlari va xavfsizligining amaliy usullarini buzish sohasidagi yangiliklar;

— (SSDL) dasturiy taʼminotining xavfsiz rivojlanish usullarini ishlab chiqish;

— Internet asrida axborot xavfsizligiga yondashuvlar;

— Muhim infratuzilmani himoya qilish;

— ­Axborot resurslarining jismoniy xavfsizligini tashkil etish;

— Firibgarlik va kiber jinoyatlarga qarshi kurashish;

— Axborot xavfsizligi hodisalarini aniqlash va tekshirish;

— Axborot xavfsizligi mahsulotlarini yaratish va takomillashtirish;

— PHDays xalqaro amaliy xavfsizlik forumi doirasida Markaz mutaxassislari “Network village” tanlovida ham ishtirok etishdi.

Tanlov vazifasi bir nechta zaif xizmatlardan oʻtishi va bayroqlarni yigʻishdan iborat edi. Boʻlib oʻtgan tanlov natijalariga koʻra, mutaxassislarimiz faxrli 3-oʻrinni egallashdi.

PHDays forumida katta tajriba, yangi bilimlar, axborot xavfsizligini taʼminlash va rivojlantirish boʻyicha maʼlumotlar, shuningdek, Markaz xodimlarining ushbu forumda ishtirok etgan turli kompaniyalarning vakillari bilan tanishib fikr almashildi.

Xalqaro forumda Markaz mutaxassislarining ishtiroki Markazning chet eldagi obroʻ-eʼtiborini yanada mustahkamlashga, chet ellik hamkasblar bilan aloqalarni yoʻlga qoʻyishga va axborot xavfsizligini amaliy jihatlari boʻyicha maʼlumot almashishga yordam boʻldi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq