Oʻzbekistonda shartnoma asosida birinchi telefon!
27.05.2019
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

27-may kuni Arena Markaz mobil aloqa operatorlari bilan birgalikda, «Shartnoma asosida Mi A2 Lite» aksiyasini ishga tushiradi. Oʻzbekistonda ilk bor xaridorlar mobil operatorlar bilan muddatli toʻlov shartnomasi asosida telefon xarid qilish imkoniga ega boʻladilar.

Mobil aloqa provayderi bilan shartnoma asosida telefon sotib olish — jahonda mashhur amaliyot. Agarda xaridorda telefonning toʻliq narxiga sotib olish imkoni mavjud boʻlmasa, u bank yoki sotuvchi bilan shartnoma tuzib, kredit yoki muddatli toʻlov asosida xarid qiladi. Koʻplab mamlakatlarda shuningdek, mobil operatorlar bilan kelishilgan holda muddatli toʻlovni rasmiylashtirish mumkin – ulanish evaziga rasmiylashtirish va bonuslar.

Вunday shartnomaning foydasi nimada? Mobil operator kafolatlangan muddatga foydalanuvchiga ega boʻladi, (muddatli toʻlov vaqtiga) xaridor esa — har oy telefon uchun toʻlovni amalga oshirishga va mobil operatoridan sovgʻalarga. Bular muloqot uchun bepul daqiqalar, bepul suhbat vaqti, yoki SMS-xabarlar va megabaytlar boʻlishi mumkin.

Arena Markaz Ucell va UMS bilan hamkorlikda ushbu amaliyotni Oʻzbekiston bozoriga kiritishga qaror qildi. Birinchi shartnoma telefoni boʻlib mashhur budjet telefonlardan biri Xiaomi Mi A2 Lite smartfoni taqdim etiladi. Bu smartfon sof Androidda sifatli qurilma xarid qilishni istagan, ammo katta miqdorda pul toʻlashga tayyor boʻlmaganlar uchun yaratilgan.

Ushbu smartfonni oyiga 215 000 soʻmlik yillik muddatli toʻlov rasmiylashtirib, xarid qilish mumkin. Oʻz navbatida, mobil operatorlar har oyda yangi abonent uchun 1500 Mb taqdim etishga majburdirlar. Doʻkondan bonus sifatida esa gʻilof va ekran uchun himoya oynasi boʻladi.

Aksiya tafsilotlari bilan Arena Markaz saytida tanishib chiqishingiz mumkin

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq