XTV va Huawei kompaniyasi raqamli taʼlimni rivojlantirish masalalarini muhokama qildi
25.05.2019
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligida Huawei kompaniyasining Oʻzbekistondagi bosh direktori Lyu Szyasin bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Unda Oʻzbekiston hamda Xitoy oʻrtasida taʼlim sohasidagi hamkorlikning istiqbolli yoʻnalishlari muhokama etildi.

Lyu Szyasin Xitoy va xorijiy mamlakatlarda raqamli taʼlimni rivojlantirishda Huawei hamda uning hamkorlari tajribasi haqida soʻzlab berdi.

Tomonlar xalq taʼlimi sohasida istiqbolli loyihalarni amalga oshirish toʻgʻrisidagi masalalarni ham koʻrib chiqdilar. Xususan, maktablarda xavfsizlik muammolari va masofaviy taʼlimni tashkil qilish, jumladan, zamonaviy texnologiyalardan samarali foydalangan holda, elektron taʼlim tizimini joriy etish masalalariga alohida ahamiyat qaratildi.

Shuningdek, uchrashuvda hamkorlik loyihalarini moliyalash modellari, xususan, grantlar hamda moliyaviy resurslarni jalb qilish masalalari oʻrganildi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq