Visa va TezCard hamkorligida Samarqand shahridagi jamoat transportida Visa kartalari orqali yo‘lkira to‘lovlari ishga tushirildi
25.05.2019
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Qaysi mamlakatda va qaysi bank tomonidan chiqarilganidan qat’iy nazar kontaktsiz Visa kartalarining egalari Samarqand shahridagi jamoat transportida yo‘lkira to‘lovlarini TEZCARD tizimi orqali amalga oshirishlari mumkin. Buning uchun ular o‘z Visa kartalarini TEZCARD terminali — validatoriga tekkizishlari kifoya.

Ushbu innovatsion yechim, Visa global to‘lov texnologik kompaniyasi va Orient Finans Bank bilan yaqin hamkorlikda erishilgan bo‘lib, O‘zbekiston tarixida butun bir shaharning jamoat transporti kabi keng ko‘lamli va perspektiv yo‘nalishni qamrab oluvchi ilk loyiha bo‘lmoqda. Sharqning durdonasi sanalmish va butun dunyodan millionlab turistlarni jalb qiluvchi Samarqand shahrining yuqori darajadagi turistik potensiali ushbu qo‘shma loyihaga alohida muhim ahamiyatni bermoqda.

Mamlakatimizning turistik potensialining rivojlanishi kundan kunga jadallashib bormoqda. Visa va TEZCARD o‘rtasidagi hamkorlik ushbu yo‘nalishda muhim rol o‘ynamoqda. Chunki taqdim qilingan yechim dolzarb muammolardan biriga qaratilgan – tashrif buyurgan turistlarga nafaqat harakatlanish, balki xalqaro kartalar yordamida qulay va o‘zlariga odat bo‘lib qolgan uslubda to‘lovni amalga oshirish imkonini bermoqda. Visa va TEZCARD loyihasi konversiya bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlarsiz zamonaviy yechim, qulaylik va tezkorlikni taqdim qilmoqda.

Hozirgi kunga kelib, Samarqand shahridagi TEZCARD tizimiga jami 500 ga yaqin avtobus va tramvay ulangan. TEZCARD kartalari esa shaharning turli joylaridagi 15 savdo nuqtalarida sotib olish imkoni joriy qilingan.

«Visa kompaniyasi kabi shunday katta hamkorning O‘zbekistonga kelganidan biz juda xursandmiz va ishonamizki, bizning hamkorligimiz O‘zbekistondagi kontaktsiz to‘lovlar darajasini yanada yuqori cho‘qqilarga olib chiqadi. TEZCARD foydalanuvchilariga esa taqdim qilinayotgan xizmatlarning yanada rivojlanishini va qulay to‘lovlar uchun yangi-yangi imkoniyatlar joriy qilinishini va’da qilmoqchimiz», deb ta’kidladi  «TEZCARD» MChJ direktori Aziz Axmedov.

«Visa kompaniyasi smart city konsepsiyasi doirasida shaharlarning rivojlanishida yordam berishdan juda mamnun. Ushbu konsepsiyaning muhim qismlaridan biri bu naqdsiz to‘lovlardir. Biz TezCard va Orient Finans Bank hamkorlarimiz bilan birga Samarqand shahridagi yo‘lkira to‘lovlar tizimi va transport validatorlaridagi dastur ta’minotini yangilatib berdik va bu kontaktsiz bank kartalari va NFC-qurilmalardan bevosita transportning ichida to‘lovlarni qabul qilish imkonini ochib berdi. Samarqand rivojlangan turistik infratuzilmaga ega ekanini inobatga olsak, shahar jamoat transportida dunyoning istalgan bankning kontaktsiz bank kartasi orqali to‘lash imkoniyati mehmonlarga shahardagi harakatlanishini qulay, to‘lovlarini esa xavfsiz qilib beradi. Zamonaviy infratuzulmali yechimlar ushbu yo‘nalishdagi shaharlarning rivojlanishiga pozitiv ta’sir qilishiga ishonchimiz komil», deb izohladi  Vera Platonova, Bosh Vitse-Prezident va MDH va Janubi-Sharqiy  Yevropa mamlakatlardagi Visa bo‘linmasining direktori. «Visa TEZCARD bilan hamkorlikni yuqori qadrlamoqda va jamoat transportida kontaktsiz to‘lovlar foydasiga naqd pullar va qog‘oz chiptalardan voz kechishda yordam berish uchun o‘z xalqaro tajribasi bilan o‘rtoqlashishga tayyor».

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq