«O‘zRTXB» AJ va «COSCOM» MChJ (Uсell) o‘rtasida hamkorlik kelishuvi imzolandi
24.05.2019
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

2019-yil 23-may kuni birjaning bosh ofisida “O‘zRTXB” AJ boshqaruv raisi Faroxidin Ibragimov va «COSCOM» MChJ (UсellSB) bosh direktori Vladimir Kravchenko o‘rtasida “O‘zbekiston Respublika tovar-xomashyo birjasi” AJning axborot tizimida pullik abonent raqamlarini sotish bo‘yicha shartnoma tuzish huquqini beruvchi elektron auksionni tashkillashtirish to‘g‘risida kelishuv imzolandi.

«COSCOM» MJCh (UsellSB)– bu pullik toifalardagi o‘z mobil raqamlarini “O‘zRTXB” AJning yangi elektron savdo tizimi orqali sotishni taklif etgan birinchi mobil aloqa operatoridir.

“O‘zRTXB” AJ va «COSCOM» MJCh (UsellSB) o‘rtasidagi kelishuv O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 2-avgustdagi 249-sonli “Elektron yarmarkalar, auksion va tanlovlar tashkilotchilarining-axborot vositachilarining faoliyatini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” qarori asosida tuzilgan va abonent telefon raqamlarini birjaning onlayn-auksion orqali sotish borasida ikki kompaniyaning o‘zaro hamkorligini ko‘zda tutadi.

Yuqorida qayd etilgan qaror va erishilgan kelishuvlar doirasida “O‘zbekiston Respublika tovar-xomashyo birjasi” AJ axborot tizimida elektron auksionni o‘tkazishning tegishli qoidalari ishlab chiqildi.

Ayni damda birja mutaxassislari tomonidan chiroyli sonlar ketma-ketligida mobil telefon raqamlarini onlayn auksion orqali sotish bo‘yicha yangi veb-sayt ishlab chiqilgan va test sinovidan o‘tkazilmoqda.

Onlayn auksionda ham yuridik (B2B) va ham jismoniy (B2C) shaxslar ishtirok etishlari mumkin. Yangi savdo mexanizmi,  O‘zRTXBning boshqa savdo platformalari kabi ochiqlik, oshkoralik, sog‘lom raqobat va savdo ishtirokchilari uchun teng sharoitlarni yaratib berish tamoyillariga asoslangan.

“O‘zRTXB” AJning yangi savdo tizimi va veb-sayti yaqin kelajakda ishga tushishi kutilmoqda.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq