O‘zbekiston Milliy kutubxonasi fondi «Электронная библиотека. Цифровые проекты в современной информационной среде: наука и практика» nashri bilan boyidi
24.05.2019
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

O‘zbekiston Milliy kutubxonasi fondi Prezident kutubxonasida (Sankt-Peterburg) nashr etilgan «Электронная библиотека. Цифровые проекты в современной информационной среде: наука и практика» (Elektron kutubxona. Zamonaviy axborot muhitida raqamli loyihalar: fan va amaliyot) nashrining 8-soni bilan boyidi.

To‘plamga fondlarida kutubxona, arxiv va muzey resurslarining raqamlashtirilgan nusxalari saqlanadigan elektron kutubxonalarni tashkil etish mavzusiga bag‘ishlangan maqolalar kiritilgan. To‘plamda federal va mintaqaviy darajada, muzey va ta’lim muassasalarida universal va tarmoqli kutubxonalarga asoslangan raqamli loyihalarni amalga oshirishning nazariy va amaliy jihatlariga bag‘ishlangan maqolalarga alohida e’tibor qaratilmoqda. Shuningdek, to‘plamda kutubxona, arxiv va muzey elektron kutubxonalarida saqlanayotgan obyektlarining raqamli nusxalaridan foydalanish imkoniyatlari bilan tanishtiruvchi maqolalar o‘rin olgan. To‘plamda B.N.Yelsin nomidagi Prezident kutubxonasi va uning filiallarida elektron resurslar kompleksini shakllantirishga alohida e’tibor qaratilgan.

Maqolalar “Научные статьи и сообщения” (Илмий маqолалар ва хабарлар), “Научная жизнь. Исследовательские проекты” (Ilmiy hayot. Tadqiqot loyihalari), “Практические разработки и методические рекомендации” (Amaliy ishlanmalar va uslubiy qo‘llanmalar”, “Даты и события” (Sanalar va va voqealar) bo‘limlarida keltirilgan.

Ushbu nashr madaniyat muassasalari mutaxassislariga, shuningdek, elektron muhitda milliy merosni yaratish va targ‘ib etishga qiziqqan ko‘plab kitobxonlar uchun mo‘ljallangan.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq