EHRILBM Singapur menejmentni rivojlantirish instituti bilan hamkorlik qiladi
24.05.2019
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

Joriy yilning 22-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi binosida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot loyihalarini boshqarish markazi hamda Toshkent shahridagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti o‘rtasida o‘zaro anglashuv Memorandumini imzolash bo‘yicha tantanali marosim bo‘lib o‘tdi.

Ushbu marosimda Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot loyihalarini boshqarish markazi direktori Ruslan Sultanov va Toshkent shahridagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti rektori Jasur Salixov ishtirok etdilar.

Tomonlarning uchrashuvi samimiy va chinakam ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tdi, institut vakillari mamlakatimizda elektron hukumatning rivojlanish tarixi hamda ushbu sohada erishilgan yutuqlar bilan yaqindan tanishdilar.

Memorandumni imzolash marosimi doirasida tomonlar elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot sohasidagi ishlarni yanada takomillashtirish va samaradorligini oshirish, xususan, iqtisodiyotni raqamlashtirish, davlat xizmatlarini transformatsiyalash, davlat-xususiy sherikchilikni jalb etish, startap loyihalarni amalga oshirishga ko‘maklashish, axborot texnologiyalari sohasida innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va boshqa loyihalarni joriy etish bo‘yicha kontseptual masalalar va harakatlarni birlashtirish bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni muhokama qildilar.

Shu bilan birga, uchrashuvda ilm-fan va ishlab chiqarish sohalarida tutashish nuqtalari va bo‘lajak hamkorlik yo‘nalishlari muhokama qilindi. Bular qatorida elektron hukumat tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shma loyihalarni ishlab chiqish hamda ularda ishtirok etishdir.

Yana bir muhim vazifa — institut ko‘ngilli talabalarini qo‘shma tadqiqotlar, tahliliy faoliyatni amalga oshirish uchun jalb qilish va eng muhimi, mavjud ma’lumotlar bazalari asosida bashorat qilishdir. Bundan tashqari, Markaz mutaxassislari va xalqaro ekspertlarining institut talabalari bilan elektron hukumat doirasida amalga oshirilayotgan loyihalar bilan tanishish uchun uchrashuvlarini tashkil etish ham nazarda tutilmoqda.

Uchrashuv yakunida ikki tomonlama muhokama qilingan barcha takliflarni o‘zaro hamkorlik bo‘yicha «Yo‘l xaritasi»ga kiritish yuzasidan kelishuvga erishildi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq