Aholi tomonidan tijorat banklarining mobil ilovalari orqali chet el valyutasi xarid qilinishi to‘g‘risida ma’lumot
24.05.2019
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

2018-yilning aprel oyidan boshlab joriy qilingan tijorat banklarining mobil ilovalari orqali chet el valyutasini jismoniy shaxslarga sotish (onlayn-konversiya) bo‘yicha bank xizmati aholi o‘rtasida tobora ommaboplashib bormoqda.

Ma’lumot uchun: chet el valyutasini masofadan turib xarid qilish uchun mahalliy bankda ochilgan xalqaro to‘lov kartasi hamda bankning tegishli mobil ilovasini o‘rnatish imkoniyatini beruvchi smartfonga ega bo‘lish kifoya.

Ushbu xizmat turidan foydalanishda mijozlar bankka tashrif buyurmasdan kunu-tun valyuta ayirboshlash operatsiyalarini amalga oshirish imkoniyatining mavjudligi sababli ham ommaviylashmoqda.

2018-yil va 2019-yilning 4 oyi ichida jismoniy shaxslar tomonidan 1,2 mlrd. dollar miqdorida chet el valyutasi xarid qilingan bo‘lsa, shundan 432.3 mln. doll. yoki 36 foizi onlayn-konversiya hissasiga to‘g‘ri kelmoqda. Umuman olganda, 2018-yilning aprelidan 2019 yilning apreligacha onlayn-konversiya xizmatining jami jismoniy shaxslarga sotilgan valyutadagi har oylik ulushi 9 foizdan 63 foizgacha yetdi. Bunda, jami xarid miqdoridagi onlayn-konversiya ulushining keskin o‘sishi asosan joriy yilning yanvar oyidan boshlab kuzatilmoqda.

Bank xizmatlari ko‘lamini kengaytirish hamda ularning sifati va qulayligini oshirish bo‘yicha ishlar ilg‘or xorijiy tajriba asosida Markaziy bank tomonidan kelgusida ham davom ettiriladi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq