Toshkentda AMH tashkilotining yigʻilishi boʻlib oʻtdi
23.05.2019
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

2019-yil 21-may kuni Toshkent shahrida Aloqa sohasidagi Mintaqaviy Hamdoʻstlikning (AMH) Pochta aloqasi komissiyasi va Pochta aloqasi operatorlari Kengashining 46/35-qoʻshma yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

Yigʻilishda AMHning aloqa maʼmuriyatlari vakillari, Jahon Pochta Ittifoqi (JPI) xalqaro byurosining mintaqaviy muvofiqlashtiruvchisi Yu. Spiriyev, AMH Ijroiya qoʻmitasi bosh direktori oʻrinbosari N. Zorya ishtirok ishtirok etdi.

Oʻzbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri oʻrinbosari B. Olmatov yigʻilish ishtirokchilariga tabrik soʻzi bilan murojaat qildi.

Tadbirda JPIning 26 kongressi qarorlarini bajarishning ustuvor yoʻnalishlari, 2017-2020 yillar davomida Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasi uchun JPIning Mintaqaviy rivojlanish rejasini amalga oshirish, AMHga ishtirokchi davlatlar pochta aloqasi operatorlari faoliyatining istiqbolli yoʻnalishlari bilan bogʻliq masalalar muhokama qilindi.

Shuningdek, mazkur tadbir doirasida Ittifoqning ishchi organlari faoliyati singari bir qator masalalar ham muhokamalar markazida boʻldi. Jumladan, Pochta aloqasi komissiyasi va AMHning Pochta aloqasi operatorlari kengashi huzuridagi Ishchi guruhining 6-yigʻilishi yakunlari va qabul qilingan qarorlar haqida hisobot tinglandi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq