Boʻkada informatika oʻqituvchilari uchun seminar-treninglar oʻtkazilmoqda
22.05.2019
Rukn: Коnferensiyalar, seminarlar va taqdimotlar.
Muallif: .

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 5 ta muhim tashabbusi doirasida Boʻkada informatika oʻqituvchilari malakasini oshirish seminarlari oʻtkazilmoqda.

Maʼlumki, davlatimiz rahbarining yoshlarni tarbiyalashdagi 5 ta muhim tashabbusining uchinchisi – aholi va yoshlar oʻrtasida kompyuter texnologiyalari va Internetdan samarali foydalanishni tashkil etishga qaratilgan edi.

Mazkur yoʻnalishda olib boriladigan ishlar esa Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan amalga oshirilmoqda. Shu sababli mazkur 5 ta tashabbusni amalga oshirishda namuna boʻlgan Toshkent viloyatining Boʻka tumani maktablarining Informatika fani oʻqituvchilarini zamonaviy kompyuter texnologiyalari boʻyicha malakalarini oshirish yuzasidan seminarlar oʻtkazilmoqda.

Mazkur seminarlar 20-23 may kunlari oʻtkaziladi. Ishtirokchilar 4 ta guruhga boʻlinib, zarur mavzular yuzasidan seminar mashgʻulotlarida qatnashadilar.

Masalan, seminarning birinchi kuni Boʻka tumanida qurib bitkazilgan Raqamli texnologiyalar oʻquv markazida oʻtkazilmoqda va unda ishtirokchilar “Zamonaviy dasturlash texnologiyalari toʻgaraklarini tashkil etish” mavzusida oʻquvchilarda dasturlash koʻnikmalarini hosil qilish uchun Scratch vizual dasturlash tilidan foydalanish, Scratchʻning veb va shaxsiy kompyuterlar uchun moʻljallangan versiyalari bilan tanishish, rangli bloklar, spraytlar, orqa fondagi rasmlar va skriptlar bilan ishlash koʻnikmalarini hosil qilish, “jonli” roliklar va mini oʻyinlar yaratishni oʻrgatishni oʻrganadilar.

Keyingi kunlarda qatnashchilar kompyuter grafikasi asoslari toʻgaraklarini tashkil etish, kompyuter grafikasi va grafik muharrirlar bilan tanishish, Adobe Photoshop dasturida ishlash, uning maqsadi va qoʻllanilishini tushunish, shaxsiy kompyuterlar haqida asosiy maʼlumotlarni olish, operatsion tizimlar va ofis ilovalarida ishlash koʻnikmalarini shakllantirish, kompyuter va internet tarmogʻidan foydalanishni oʻrgatish va axborot xavfsizligining umumiy tushunchalari bilan tanishish imkoniga ega boʻladilar.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq