Birinchi «Kinomobil» Toshkentga keldi
22.05.2019
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Kinomobil shahar markazidagi eng katta ko’chalardan biri Broadway da o`z ishini boshladi.

«Kinomobil» ning mamlakatimizga kirib kelishi, zamonaviy ko`chma kinoteatrlar faoliyatida qo`yilgan ilk qadamdir. Endilikda ushbu «Kinomobil» Respublikamizning chekka hududlarida ham o`z faoliyatini olib boradi. Ushbu ko`chma kinoteatr yurtimiz aholisiga maroqli madaniy hordiq chiqarishlariga imkoniyat yaratib beradi.

«Kinomobil»ning texnologik ta’rifiga to’xtaladigan bo’lsak, «Kinomobil»- tirkamali MAN avtomobilidir. Yarim soat davomida bu tirkama 6 metr kenglikda harakatlanib, 80 ta tomoshabinga mo’ljallangan kino zalga aylanadi.

Shu bilan birga, yurtimiz shahar qishloqlarini kezib yurgan ushbu «Kinomobil», yetakchi ishlab chiqaruvchilarning zamonaviy texnik jihozlari bilan jihozlanganligini alohida ta’kidlab o’tish lozim. «Kinomobil»ning kino zalida Dolby 5 + 1 tovush tizimi o’rnatilgan bo`lib unda 2D va 3D formatdagi filmlarni ham bemalol tomosha qilish mumkin. Shuningdek, Kinomobilda qo’shimcha ravishda ichida isitish va shamollatish tizimlari ham o`rnatilgan. Bu esa kinosevar tomoshabinlarga har qanday ob-havo sharoitida kinolarni maroq bilan ko’rish imkonini beradi.

Mobil kinoteatr 28-mayga qadar Toshkentda qoladi, so`ngra Respublikamiz viloyatlari bo`ylab sayohat qiladi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq