Bankomatlar orqali chet el valyutasi – dollar va yevro pul birligining konvertatsiyasi
22.05.2019
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Bugungi kunga kelib, NCR SelfServ 6632 va GRG H68NL rusumidagi bankomatlar O‘zbekistonda faoliyat olib borayotgan qator banklar tomonidan foydalanishga topshirilgan.

Uzcard terminal tarmog‘iga integratsiyalash jarayoniga tegishli barcha sinov ishlari Yagona Umumrespublika Protsessing Markazi (YaUPM) xodimlari tomonidan amalga oshirildi. Ushbu bankomatlarning foydalanishga joriy etilishi karta egalarida qo‘shimcha imkoniyatlarning paydo bo‘lishiga zamin yaratdi.

NCR SelfServ 6632 vaGRG H68NL rusumidagi bankomatlarning ustuvor jihatlari shundaki, qurilma orqali chet el valyutasi dollar va yevro pul birligining mahalliy so‘m pul birligiga konvertatsiya qilish xususiyatiga egaligi hisoblanadi. Valyutalar kursi xizmat ko‘rsatilayotgan bank tomonidan o‘rnatiladi hamda Uzcard karta egalari tomonidan komission to‘lovlar to‘lanmaydi.

Shuningdek, kompaniyamiz tomonidan mamlakatimizda foydalanishga topshirilgan barcha bankomatlarga asosiy xavfsizlik talablariga javob beruvchi dasturiy ta’minoti o‘rnatildi. Endilikda, Uzcard karta egasi ushbu bankomatlardan foydalanishlari hamda axborot xavfsizligining ta’minlanganligiga ishonch hosil qilishlari mumkin. Bankomatlar orqali quyidagi standart xizmatlarni amalga oshirish imkoni mavjud:

  • Uzcard kartasidan naqd pulni yechib olish;
  • Uzcard kartasini naqd pul bilan to‘ldirish;
  • “SMS-xabarnoma” xizmatini ulash;
  • Uzcard kartasining PIN-kodini almashtirish;
  • “To‘lovlar monitoringi” xizmati.

NCR SelfServ 6632 vaGRG H68NL modelidagi bankomatlar orqali «EURO-SUM», «USD-SUM» konvertatsiya qilish xizmatini havola etayotgan banklar ro‘yxati:

  • Agrobank
  • Xalq banki
  • KDB Bank Uzbekistan
  • Qishloq Qurilish Bank

Bankomatlardan foydalanishga tegishli xavfsizlik qoidalariga rioya etish Uzcard plastik kartalarida saqlanayotgan mablag‘ himoyasini ta’minlaydi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq