TATUda “Kompyuter grafikasi” hamda “Informatika va axborot texnologiyalari” fanidan talabalar respublika fan olimpiadasi o’tkazildi
19.05.2019
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida 15-16 may kunlari “Kompyuter grafikasi” fanidan, 17-18 may kunlari “Informatika va axborot texnologiyalari” fanidan talabalar respublika fanlar olimpiadasining final bosqichi oʻtkazildi.

Oliy taʼlim muassasalari talabalari oʻrtasidagi mazkur respublika fanlar olimpiadasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining 2019-yil 5-apreldagi 314-sonli buyrugʻiga asosan oʻtkazilmoqda. Olimpiada ishtirokchilarini roʻyxatga olish TATU bosh binosi foyesida boshlandi, soʻngra Oliygohning katta anjumanlar zalida olimpiadaning tantanali ochilish marosimi, tashkiliy qoʻmita va hakamlar hayʼati yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

Tashkiliy ishlardan soʻng asosiy qism: “Informatika va axborot texnologiyalari” fanidan olimpiadaning 4 turlarining sinov bosqichi boʻlib oʻtdi. Tushlikdan soʻng, olimpiadaning yopilishi boʻlib oʻtdi. Olimpiadaning so’nggi natijalariga ko’ra, “Kompyuter grafikasi” fanidan TATU talabasi Nuraddinov Umrbek Baxtiyorovich birinchi o’rinni, Farg’ona Davlat universiteti talabasi Turg’unov Sharifjon Shavkatjon o’g’li ikkinchi o’rinni, uchinchi o’rinni esa Toshkent Davlat Iqtisodiyot universiteti talabasi Rodionov Andrey Aleksandrovich egalladi. “Informatika va axborot texnologiyalari” fanidan TATU talabasi Hasanov Husayn Saidjamol o’g’li birinchi o’rinni, Namangan Davlat universiteti talabasi Karimov Nodirbek Nosirjon o’g’li ikkinchi o’rinni egalladi.

Maʼlumot oʻrnida aytish kerakki, olimpiada tanlovlarida OTMlarda oʻtkazilgan olimpiadaning I-bosqichida faqat 1-oʻrinni egallagan talaba va uning rahbari ishtirok etadilar. Olimpiadaning II-bosqich vazifalari TATU mutaxassislari tomonidan umumlashtirildi va 4 turda oʻtkazildi. Olimpiadaga talaba OTMning yoʻllanma xati, reyting daftarchasi va pasporti (asl nusxasi) bilan qatnashishi shart. 1-2-3 tur: Dasturlash (Masalalar ACM yoʻnalishida boʻlib oʻtdi. Ishtirokchilar S/S++, Paskal, Java va Python dasturlash tillarida ishlashi mumkin boʻladi). 4 turda esa talabalar “Informatika va axborot texnologiyalari” faniga oid test sinovini yechdilar.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq