Uchtepa tumanida uchinchi tashabbus doirasida amalga oshirilayotgan ishlar namoyish etildi
18.05.2019
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

Davlatimiz rahbari ijtimoiy, maʼnaviy-maʼrifiy sohalardagi ishlarni yangi tizim asosida yoʻlga qoʻyish maqsadida yoshlarga eʼtiborni kuchaytirish, ularni madaniyat, sanʼat, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, ularda axborot texnologiyalaridan foydalanish koʻnikmalarini shakllantirish, yoshlar oʻrtasida kitobxonlikni targʻib qilish, xotin-qizlar bandligini oshirish boʻyicha 5 ta muhim tashabbusni ilgari surgan edi.

Yoshlarning ertangi istiqboli, maʼnaviyatimiz rivoji uchun xizmat qiluvchi ezgu tashabbuslarning amaliyotga tatbiqi Toshkent shahri Uchtepa tumanida ham boshlandi.

18-may kuni “Maʼnaviyat karvoni” loyihasi doirasida mazkur tumanda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi zimmasidagi uchinchi tashabbus – “Aholi va yoshlar oʻrtasida kompyuter texnologiyalari va Internetdan samarali foydalanish” borasida amalga oshirilayotgan ishlarning taqdimoti katta tantanaga aylanib ketdi.

Tadbirlar davomida “Yoshlarda texnik bilimlar saviyasini yuksaltirish”ga bagʻishlangan tadbir, “Toshkent shahridagi Inha universiteti, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent Axborot texnologiyalari universiteti hamda “Uzbektelecom” Aksiyadorlik kompaniyasi koʻrgazmali stendlarining taqdimoti tashkil etildi. Ushbu tadbirlarda yoshlar, maktab oʻquvchilari hamda tuman aholisi katta qiziqish bilan ishtirok etdi.

Ayniqsa, kibersport boʻyicha amaliy mashgʻulotlar, oʻyinlar tahlilidan tortib, kommunikatsiya strategiyasini ishlab chiqishgacha boʻlgan jarayonlar, aqliy rivojlanishning taʼsirchan vositasi sanaluvchi robototexnika, mobil ilovalar ishlanmalari bilan shugʻullanish boʻyicha amaliy mashgʻulotlar hamda sunʼiy idrok (intellekt) loyiha taqdimoti yosh avlod vakillarini juda quvontirib yubordi.

Tumanda tashkil etilgan tadbirlar doirasida taʼlim muassasalari axborot-resurs markazlariga zamonaviy kompyuter jihozlari topshirildi. Shuningdek, Uchtepa tumanida Raqamli texnologiyalar markazining ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. “Yoshlarda texnik bilimlar saviyasini yuksaltirish”ga bagʻishlangan tadbir nihoyasida eng iqtidorli yoshlar sertifikatlar bilan taqdirlandilar.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq