TATUdagi innovatsion ishlanmalar Toshkent shahri Uchtepa tumanida namoyish etildi
18.05.2019
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

Joriy yil 18-may kuni “Maʼnaviyat karvoni” loyihasi doirasida Toshkent shahri Uchtepa tumanida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi koʻmagi bilan uchinchi tashabbus – “Aholi va yoshlar oʻrtasida kompyuter texnologiyalari va Internetdan samarali foydalanish” borasida amalga oshirilayotgan ishlarning taqdimotida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent Axborot texnologiyalari universiteti koʻrgazmali stendlarining namoyishi tashkil etildi. TATUning iqtidorli talabalari tomonidan yaratilgan robotlar, turli dasturiy mahsulotlar maktab oʻquvchilari hamda tuman aholisiga katta qiziqish uygʻotdi.

Ayniqsa, kibersport boʻyicha amaliy mashgʻulotlar, oʻyinlar tahlilidan tortib, kommunikatsiya strategiyasini ishlab chiqishgacha boʻlgan jarayonlar, aqliy rivojlanishning taʼsirchan vositasi sanaluvchi robototexnika, mobil ilovalar ishlanmalari bilan shugʻullanish boʻyicha amaliy mashgʻulotlar hamda sunʼiy idrok (intellekt) loyiha taqdimoti yosh avlod vakillarini juda quvontirib yubordi.

Taʼkidlab oʻtish joizki, davlatimiz rahbari ijtimoiy, maʼnaviy-maʼrifiy sohalardagi ishlarni yangi tizim asosida yoʻlga qoʻyish maqsadida yoshlarga eʼtiborni kuchaytirish, ularni madaniyat, sanʼat, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, ularda axborot texnologiyalaridan foydalanish koʻnikmalarini shakllantirish, yoshlar oʻrtasida kitobxonlikni targʻib qilish, xotin-qizlar bandligini oshirish boʻyicha 5 ta muhim tashabbusni ilgari surgan edi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq