Jahon elektraloqa va axborot jamiyati kuni
17.05.2019
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

17-may – Jahon elektraloqa va axborot jamiyati kuni nishonlanadi. Joriy yilda u standartlashtirishdagi uzilishni bartaraf etishga bag‘ishlangan.

Jamiyatlar keng miqyosli raqamli transformatsiyalar davriga kirib bormoqda. XEK Xalqaro standartlari ushbu raqamli transformatsiyalarning afzalliklarini global miqyosda ro‘yobga chiqarishni ta’minlash uchun mo‘ljallangan. Standartlarni ishlab chiqish va qo‘llash barcha uchun ochiqlik tamoyiliga asoslangan bo‘lib, bu yil Jahon elektraloqa va axborot jamiyati kuni (JEAJK) ni nishonlanishi “Standartlashtirishdagi uzilishni bartaraf etish” mavzusiga bag‘ishlan.

Bu borada XEK Bosh kotibi Xoulin Chjao shunday dedi: “Tarmoq va texnologiyalar hamda 5G kabi yangi texnologiyalar paydo bo‘lishi bilan biz yagona texnik standartlarga talab ortib borayotganini ko‘rayapmiz. – XEK standartlarini ishlab chiqish ishlarilishiga o‘z kundalik faoliyatlari bilan hissa qo‘shayotgan ko‘p minglab ekspertlarni olqishlayman. Mazkur erkak va ayollar bugungi raqamli transformatsiyaning markazidadirlar”.

Xalqaro standartlar jahon bozorlarining texnik poydevori bo‘lib hisoblanadi. Ular bozorning barcha ishtirokchilari foydalanayotgan, miqyosi evaziga samaradorligi va iqtisod qilinishini ta’minlaydilar, natijada ishlab chiqaruvchilarga xarajatlarni kamaytirish va iste’molchilar uchun narxlar tushirilishiga yordam beradilar.

Foydalanuvchilar XEK standartlariga ko‘p ham e’tibor qaratmaydilar, biroq aynan XEK standartlari butun dunyodagi yuz minglab kompaniyalar tomonidan taqdim etilayotgan raqamli yechimlarning o‘zaro bog‘liqligi va o‘zaro muvofiqligini ta’minlash uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Xususiy va davlat tashkilotlari konsensusiga asoslangan XEK standartlarini ishlab chiqish va tasdiqlash barcha manfaatdor tomonlarni jalb etishga yordam beradi, bu esa mazkur standartlarni butun dunyo bo‘ylab joriy etish ehtimolini oshiradi.

Batafsil ma’lumotlar XEK saytida https://www.itu.int/ru/mediacentre/Pages/2019-MA07.aspx

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq