Aloqa sohasidagi yetuk mutaxassis, davlat arbobi Komiljon Rahimov 2019-yil 16-may kuni 73 yoshida vafot etdi
17.05.2019
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

Komiljon Rahimov 1969-yili Toshkent elektrotexnika aloqa instituti (hozirgi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti)ni bitirib, mehnat faoliyatini 1971-yilda Xorazm viloyati aloqa boshqarmasida katta muhandis sifatida boshladi.

Oʻz kasbining fidoyisi, isteʼdodli mutaxassis, sergʻayrat inson 32 yillik mehnat faoliyati davomida Xorazm viloyati aloqa boshqarmasi bosh muhandisi, boshliq oʻrinbosari, boshqarma boshligʻi, Oʻzbekiston Respublikasi aloqa vaziri oʻrinbosari, aloqa vaziri (1985-1995), Bosh vazir oʻrinbosari (1995-1998) kabi lavozimlarda xalqimiz va Vatanimizga sidqidildan xizmat qilib, mamlakatimizda pochta va aloqa sohasini rivojlantirishga, zamonaviy texnologiyalarni puxta oʻzlashtirgan yetuk va malakali mutaxassislar tayyorlash ishiga munosib hissa qoʻshdi.

Komiljon Rahimovning mehnati davlatimiz tomonidan munosib taqdirlangan. 1996-yilda “Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan aloqachi” faxriy unvoni bilan mukofotlandi.

Zamondosh va hamfikr doʻstlari, yelkadosh hamkasblari hamda shogirdlari nomidan marhumning oila aʼzolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik izhor qilamiz.

Yetuk mutaxassis, mehribon ustoz va samimiy inson Komiljon Rahimov xotirasi qalbimizda hamisha saqlanib qoladi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq