Taziyanoma
16.05.2019
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: Jurnal tahririyati.
Bugun, 16-may kuni hammamiz uchun aziz bo‘lgan ustoz, aloqa sohasida ko‘p yillar samarali xizmat qilgan mehnat faxriysi, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan aloqachi Komiljon Rahimov vafot etdi.
Komiljon Rahimov 1985 – 1995 yillar davomida O‘zbekiston Respublikasi Aloqa vaziri lavozimida, 1995 – 1998 yillar davomida O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri o‘rinbosari sifatida mehnat qilgan. Komiljon Rahimovning xizmatlari alohida e’tirof etilib, yurtimizning yuksak mukofotlari bilan taqdirlangan.
Marhumning janoza namozi bugun soat 17:00 da Urganch shahridagi xonadonida bo‘ladi.
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi jamoasi Komiljon Rahimovning vafoti munosabati bilan uning oila a’zolari va yaqinlariga ta’ziya izhor qiladi.