NFC texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlovchi to‘lovlar
16.05.2019
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Yaqin kunlarda Uzcard terminal tarmog‘ida NFC texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlovchi kontaktsiz to‘lov usullari joriy etildi («Near field communication» — 10 santimetr masofada joylashgan, o‘zaro qurilmalar orqali ma’lumotlar almashinuvi amalga oshiriladigan qisqa masofali radiusga mo‘ljallangan simsiz texnologiya).

O‘zbekiston bozor sharoitida NFC texnologiyalar orqali to‘lovlarni amalga oshirish yaqin kunlarda boshlangani sababli, uning xususiyatlari bilan tanishishni tavsiya etamiz:

– karta PIN-kodisiz kontaktsiz to‘lovlar uchun belgilangan cheklov miqdori 20 000 so‘mni tashkil etadi;

– karta PIN-kodini NFC texnologiyalar orqali kiritish to‘lov turi uchun cheklov belgilanmagan;

– NFC texnologiyalar orqali kontaktsiz to‘lovlarni qo‘llab-quvvatlovchi kobeydjing kartalari va Uzcard – Union Pay International kartalari ishtirokida to‘lovlarni amalga oshirish mumkin.

NFS texnologiyalar yordamida amalga oshiriluvchi to‘lovlar qisqa radiusli masofaga mo‘ljallanganligi uning xavfsizligini begilaydi. Ushbu texnologiyani qo‘llab-quvvatlovchi karta egasi qo‘yidagi xavsizlik talablariga rioya etishi darkor:

— plastik kartalarni kiyimlaringiz cho‘ntagida saqlamang. Ularni qo‘l sumkasining o‘rta bo‘linmasida saqlang;
– bank kartalarini himoya qilish va kontaktsiz to‘lovlarni qabul qiluvchi signallarni kuchsizlantiruvchi hamyon va qopchiqlardan foydalaning;

— plastik kartangiz “SMS-xabarnoma” xizmatiga ulanganligiga amin bo‘ling. Ushbu xizmat turi yordamida Uzcard kartasi orqali amalga oshirilgan to‘lovlardan xabardor bo‘lasiz. Agar qalloblik yo‘li orqali tranzaksiya amalga oshirilsa, xizmat ko‘rsatayotgan bankingizga murojaat eting. Murojaatingiz ko‘rib chiqilganidan so‘ng, tegishli choralar ko‘riladi.

Uzcard terminal tarmog‘ida SP20 V4 PAX modelidagi qo‘shimcha qurilmalar yordamida kontaktsiz to‘lovlar amalga oshirilib kelinmoqda. Ushbu qurilma Payment Card Industry (PCI) Security Standards Council, EMVCo, Terminal Quality Management kabi xalqaro xavsizlik standartlarining talablariga javob beradi.

Yagona Umumrespublika Protsessing Markazi avvalroq QR-kod yordamida amalga oshirish imkoniyatini yaratuvchi innovatsion ishlanmani taqdim etgan (Quick Response Code – tezkor javob beruvchi kod). Ushbu to‘lov turi qator savdo nuqtalari egalari tomonidan qo‘llab-quvvatlandi hamda mijozlarga foydalanish uchun taklif etilmoqda.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq