Andijonda ham Raqamli texnologiyalar markazi ochildi
16.05.2019
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

Prezident ilgari surgan beshta tashabbusning uchinchi yoʻnalishi — aholi va yoshlarni kompyuter texnologiyalari va internet imkoniyatlaridan samarali foydalanishga oʻrgatish ishlari davom ettirilmoqda. 15-may kuni Andijon shahrida ham Raqamli texnologiyalar oʻquv markazi ochildi.

Markaz ochilishida Oʻzbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Shuhrat Sodiqov qatnashdi. Rasmiy lenta qirqilgach, markazga tashrif buyurganlar mashgʻulotlar oʻtkaziladigan oʻquv xonalarida yaratilgan sharoitlar bilan tanishishdi. Yoshlarni dasturlash, veb-dizayn, kibersport singari yoʻnalishlar boʻyicha oʻqitishga ixtisoslashgan markazda dasturlash boʻyicha oʻquv qoʻllanmalari, kitoblar joy olgan kichik javon ham tashkil etilgan.

Eʼtiborlisi, viloyat hokimligi, tadbirkorlar ushbu oʻquv markaziga katta qiziqish bildirishmoqda. Tadbirkorlardan shunday markazlarni tumanlarda ham ochish takliflari tushmoqda. Viloyat hokimi esa texnopark tashkil etish yuzasidan vazirlikka taklif bilan chiqqan, 50 nafar yoshni Belarus yoki Hindistonda oʻqitish, kibersport boʻyicha viloyat hokimi kubogini oʻtkazish tashabbusini bildirgan.

— Albatta, bu takliflar bizni quvontiradi, — dedi AKT vaziri Shuhrat Sodiqov. — Tadbirkorlar taklifini, viloyat hokimligi tashabbusini qoʻllab-quvvatlaymiz. Shu oʻrinda yoshlarni oʻqitish uchun oʻzimizning TATUda ochilgan Belarus — Oʻzbekiston qoʻshma fakulteti, yaqinda faoliyatini boshlaydigan Hindistonning Amiti universiteti imkoniyatlaridan samarali foydalanishimiz kerak. Kibersport boʻyicha oʻyinlarni dastlab tumanlar miqyosida oʻtkazish lozim, soʻngra viloyat turniri tashkil etilsa, maqsadga muvofiq boʻladi. Yoshlarimiz, umuman, yurtdoshlarimizni dasturlashga oʻrgatsak, ularga bu yoʻnalishda zamonaviy bilim bera olsak, ular hayotda oʻz oʻrinlarini topishsa, shu orqali daromadli boʻlishsa, maqsadimizga erishgan boʻlamiz.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq